«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti va Italiyaning yetakçi oliy ta’lim muassasalaridan biri bölgan Padova universiteti (TOP-200) örtasida ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan memorandum imzolandi.

27.10.2026

#Rektordan #Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Hujjat ikki universitet örtasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar, talabalar va doktorantlar akademik almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda xalqaro ta’lim dasturlarini işlab çiqişni nazarda tutadi.

Hamkorlikning ustuvor yönalişlari qatorida magistratura bosqiçida qöşma ta’lim dasturlarini işlab çiqiş, qöşma doktorlik dasturlarini rivojlantiriş, xalqaro seminarlar va akademik tadbirlar taşkil etiş hamda ilmiy tajriba almaşiş masalalari örin olgan.

Avvalgi muzokaralarda ham ikki universitet talabalari uçun xalqaro ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, jumladan, har yili 15 nafar özbekistonlik va 15 nafar italiyalik talaba iştirokida tört haftalik öquv modulini taşkil etiş, şuningdek, magistratura va PhD bosqiçlarida ikki diplomli ta’lim dasturlarini joriy etiş masalalari körib çiqilgan edi.

Mazkur hamkorlik suv resurslarini boşqariş, xalqaro suv diplomatiyasi, iqlim özgarişiga moslaşiş va barqaror qişloq xöjaligi yönalişlarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, akademik almaşinuvni yölga qöyiş hamda qöşma ta’lim dasturlarini işlab çiqiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.