Ilmiy ğoya endi qoğozda emas — Nurota zaminida real muhandislik inşootiga aylanmoqda
26.10.2026
Ilmdan-yeçimga. Yeçimdan-amaliyotga.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarori asosida tasdiqlangan “Yöl xaritasi” ijrosi doirasida, Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça ilmiy maslahatçisi, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori Alişer Fatxulloyevning ilmiy-amaliy tavsiyalari asosida işlab çiqilgan QulamaJars oy hududida yer osti suvlarini sun’iy töyintiriş loyihasini amalga oşirişga start berildi.
Muhimi-bugun gap yangi ğoya haqida emas. Avval ilmiy örganildi, tajriba-sinovdan ötkazildi, muhandislik yeçimi işlab çiqildi va loyihalaş işlari yakunlandi. Endi esa quriliş işlari boşlandi.
Loyiha doirasida sel oqimlarini boşqariş, tindiriş va infiltratsiyaga yönaltiriş tizimi, hajmi 60 ming kub metr bölgan tindiriş-infiltratsiya havzasi, suv oliş va drenaj tarmoqlari hamda 80-100 metr çuqurlikdagi suv singdiriş quduqlari barpo etiladi. Loyihaviy hisob-kitoblarga köra, uşbu inşoot orqali yiliga 200-300 ming kub metr yer osti suvlarini qayta töyintiriş imkoniyati yaratiladi.
Eng ahamiyatlisi — uşbu bosqiç 3,5 milliard söm mahalliy budjet mablağlari hisobidan amalga oşirilmoqda.
Bu mablağ faqat bitta inşoot qurilişiga emas, balki Nurotada mavsumiy sel oqimlaridan samarali foydalaniş, ularni yer osti suvlari zaxirasini qayta töldiriş manbaiga aylantirişga qaratilgan.QulamaJarsoyda boşlangan qurilişning asosiy mohiyati-mavsumiy sel suvlarini infiltratsiya jarayoni orqali yer osti suvlari zaxirasini qayta töldiriş va hududning suv ta’minoti barqarorligini oşirişdan iborat.
Bu yerda ilm-fan muammoni faqat örganiş bilan çeklanib qolmadi: uning kölami aniqlandi, yeçim tajribada sinovdan ötkazildi, muhandislik yeçimi işlab çiqildi va natijada ilmiy yondaşuv real infratuzilmaga aylantirildi.
Nurotadagi bu qadam bir inşoot qurilişi bilan çeklanmaydi. U mahalliy gidrogeologik şaroitda ilmiy asoslangan, suv xavfsizligini ta’minlaşga xizmat qiladigan va kelgusida boşqa hududlarda ham qöllaş mumkin bölgan sun’iy infiltratsiya texnologiyasining amaliy modelini yaratişga qaratilgan.
QulamaJarsoyda boşlangan quriliş ilm-fanning hududiy muammolarni aniq yeçimlarga aylantira olişini körsatuvçi muhim amaliy natijadir.
Universitet matbuot xizmati