iUHIM boʻyicha xalqaro seminar

23.10.2026

#Xalqaro hamkorlik

2026-yil 20–23-oktabr kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Shahar issiqlik orollarini intellektual monitoring qilish: sensor texnologiyalari, fizik modellashtirish va yashil infratuzilmani integratsiyalash (iUHIM)” loyihasi doirasida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Loyiha Germaniya ilmiy-tadqiqot jamiyati (DFG) tomonidan xalqaro hamkorlikni boshlash dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Seminarda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor prof. Sh.S. Shokirov, Niderrayn amaliy fanlar universiteti (Hochschule Niederrhein, Krefeld, Germaniya) olimlari — prof. R. Pohle-Fröhlich, prof. S. Goebbels, prof. M. Zella, dr. A. Kitzig — hamda o‘zbek jamoasi: prof. M. Radkevich, PhD A. Savitskiy, PhD K. Shipilova (GulDU), PhD S. Myagkov (Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti) ishtirok etdi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasidan Milliy iqlim siyosati va yashil shaharlar bo‘limi boshlig‘i E.B. Shomuratov, bosh mutaxassislar X.S. Sherimbetov va X.E. Do‘smurodova qatnashdi.

Seminarning asosiy maqsadi, Germaniyaning sensor tarmoqlari, kompyuter ko‘rish va shaharlarni 3D-modellashtirish bo‘yicha tajribasini o‘zbek tomonining yer usti va sun’iy yo‘ldosh monitoringi ma’lumotlari hamda fizik modellashtirish bilan birlashtirib, Toshkentdagi issiqlik orollarini o‘rganish va ularni yumshatish bo‘yicha samarali choralarni aniqlashdir. Seminar davomida ma’ruzalar, ishchi sessiyalar va Uchtepa, Yangihayot, Sergeli va Shayxontohur tumanlaridagi, Botanika bog‘i va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida  kampusidagi ehtimoliy tajriba maydonlariga dala tadqiqotlari oʻtkazildi.