Nazariyadan amaliyotga: Hamkorlik darsi - taʼlim sifati sari muhim qadam

23.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

Bugun “Umumiy pedagogika” fani doirasida “Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish” mavzusida 2 bosqich 60220300 – Tarix yo‘nalishining 223 guruh talabalari bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Pedagogika” fakulteti dekani, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Salomova Ra’no Vassiyevna bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti-milliy tadqiqot universitetining “Professional ta’lim” kafedrasi hamkorlikda ochiq seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur darsdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning pedagogik bilimlarini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy bilimlarini boyitish hamda ularda kelgusi kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida taʼlim-tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati, uni maqsadli tashkil etish, taʼlim va tarbiyaning o‘zaro uzviyligi hamda pedagogik jarayonda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Dotsent Salomova Raʼno Vassiyevna bilan birgalikda olib borilgan dars jarayonida mavzuning muhim jihatlari yoritilib, talabalarning mavzuga oid bilimlarini chuqurlashtirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi.

Albatta  hamkorlik - tajriba almashish bu yangi g‘oyalar maydonidir.

Bunday hamkorlik mashg‘ulotlari pedagogik tajriba almashish, ilg‘or taʼlim yondashuvlarini o‘rganish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ular talabalarning kasbiy qiziqishlarini oshirish, ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish hamda pedagogik faoliyatga tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Seminar mashg‘ulotida bugungi olingan bilim- ertangi muvaffaqiyat poydevoridir.Mazmunli va o‘zaro tajriba almashishga asoslangan hamkorlik darsi talabalarning kasbiy kamolotini qo‘llab-quvvatlash, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bunday hamkorliklar kelgusida ham taʼlim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-uslubiy aloqalarni rivojlantirish, pedagogik tajribani boyitish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Zero, sifatli taʼlim,bilim, tajriba va hamkorlikning uyg‘unligidan boshlanadi.