"Maʼrifat ulashib" loyihasi targ‘ibotchilari universitetimizda
22.10.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Axborot-resurs markazi” va universitet huzuridagi Aniq fanlarga
ixtisoslashtirilgan maktabda
“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi. Tadbirga taniqli ijodkorlar Munavvara Usmonova, Muhtarama Ulug‘ova va Habib Siddiqlar tashrif buyurdilar. Uchrashuvda Munavvara Usmonova,
Muhtarama Ulug‘ova va Habib Siddiqlar so‘zga chiqib - yoshlar
o‘rtasida ilm-ma’rifatni keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh
avlodni bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar etib tarbiyalashning ahamiyati
haqida fikr-mulohazalarini bildirildilar. Uchrashuv davomida ma’rifat inson kamolotining
muhim omili ekani, ilm olishga intilish, ezgu fazilatlarni shakllantirish va
o‘z bilimlarini boshqalar bilan baham ko‘rish har bir yoshning hayotida muhim
o‘rin tutishi ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb qilish va jamiyat hayotida
faol ishtirok etishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Zero, ma’rifatli yoshlar — yurt kelajagi, ilmli va ma’naviyatli avlod esa
taraqqiyot poydevoridir.Yoshlarimiz- Habib
Siddiq, Muhtarama Ulug‘ova va Munavvara Usmonovalarning ijod namunalaridan
baxramand bo‘ldilar va o ‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob
oldilar.Tadbir so‘ngida Habib Siddiq, Munavvara Usmonova, Muhtarama Ulug‘ovalar o‘zlarining
qalamiga mansub saylanma va kitoblarni universitet “Axborot-resurs markazi”taqdim etdilar. Uchrashuvga tashrif buyurgan taniqli ijodkorlar Munavvara
Usmonova, Muhtarama Ulug‘ova, Habib Siddiqlarga universitet sovg’alari
topshirildi. Uchrashuvda faol qatnashgan “Iqtisod fakulteti” Xotin-qizlar
kengash raisi R.Qodirova va talaba-yoshlarimizga o‘z
minnatdorchiligimizni bildiramiz.
MA’RIFAT ULASHGAN - INSONNING NURI BOSHQALARNING QALBINI HAM YORITADI!
Universitet matbuot xizmati