LUPIC loyihasi doirasida DEISC markazida monitoring o‘tkazildi

22.10.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

2026-yil 21-oktabr kuni Koreya Respublikasining Keymyung Kollej Universiteti LUPIC loyihasi menejeri Sangseog Lee boshchiligidagi delegatsiya “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi (DEISC) faoliyati bilan tanishilib, LUPIC (Leading Universities Project for International Cooperation) loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida DEISC markazi tomonidan loyiha doirasida bajarilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilindi. Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, belgilangan vazifalar ijrosi va rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilish holati yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida loyiha bo‘yicha choraklik hisobotlar va donor tashkilotga taqdim etiladigan hujjatlar ko‘rib chiqildi. Hisobotlarning tayyorlanishi, bajarilgan ishlarning tegishli tartibda hujjatlashtirilishi hamda loyiha talablariga muvofiq hisobot yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va ularning samarali tashkil etilishi yuzasidan ham muhokamalar olib borildi.

Monitoring davomida DEISC markazi koordinatori, dotsent G‘ozal Eshchanovaning markaz faoliyatini tashkil etish, loyiha doirasidagi vazifalarni muvofiqlashtirish va belgilangan ishlarni amalga oshirish borasidagi faoliyati alohida e’tirof etildi. Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning yuqori darajada bajarilgani qayd etildi.

Shuningdek, DEISC markazi assistentlari Aziz Nigmatov va Sanjar Ungalovlarning loyiha doirasidagi vazifalarni amalga oshirish, markaz faoliyatini samarali tashkil etish hamda belgilangan ishlarni muvofiqlashtirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Ularning markaz faoliyatini rivojlantirish va loyiha maqsadlariga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuqori baholandi

Delegatsiya tashrif davomida universitet huzuridagi Mexatronika texnikumi faoliyati bilan ham qisqacha tanishib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur monitoring tashrifi LUPIC loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligini ko‘rib chiqish, bajarilgan ishlar yuzasidan fikr almashish hamda kelgusidagi vazifalarni belgilash uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Keymyung Kollej Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik raqamli ta’limni rivojlantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshirish va ilg‘or xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.