Qozon Federal Universitetida ilmiy stajirovka
22.10.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yosh olimlarining xalqaro miqyosda tajriba orttirishi va yetakchi xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlashi yo‘lidagi navbatdagi qadam tashlandi.
Universitetning “Irrigatsiya va melioratsiya”
kafedrasi assistenti Mardiyev Shaxbozjon Husan o‘g‘li Rossiya Federatsiyasining
nufuzli Qozon Federal Universitetida (QFU) 4 haftalik (1 oylik) qisqa muddatli
ilmiy stajirovka o‘tamoqda.
Ushbu ilmiy safar “Arid mintaqalarda tuproq
degradatsiyasini baholashning zamonaviy usullari” fan yo‘nalishiga
bag‘ishlangan. Tadqiqotlar Qozon Federal Universitetining “Tuproqshunoslik”
kafedrasi jamoasi bilan belgilab olingan dastur asosida global va mintaqaviy
miqyosda o‘ta dolzarb hisoblangan ekologik muammolarga qaratilgan.
Hozirda QFU tomonidan ishlab chiqilgan maxsus ilmiy
dastur doirasida tuproq namunalari asosida uning tarkibini aniqlash va
degradatsiya tiplarini baholash bo‘yicha laboratoriya hamda dala sharoitidagi
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etilmoqda.
Stajirovka yakuni bo‘yicha arid mintaqalarda tuproq unumdorligini saqlash va degradatsiyaga qarshi kurashishning ilg‘or xalqaro tajribalarini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.