O‘zbekiston–Koreya ta’lim innovatsiyalari forumining ikkinchi kuni: raqamli ta’lim va ilg‘or pedagogik tajribalar
21.10.2026
2026-yil 20-oktabr kuni Toshkent shahridagi Rich Park mehmonxonasida “Ta’lim innovatsiyalaridan kelajakdagi hamkorlik sari” (From Teaching Innovation to Future Cooperation) mavzusidagi O‘zbekiston–Koreya ta’lim innovatsiyalari forumining ikkinchi kuni yuqori saviyada tashkil etildi. Xalqaro tadbir kasbiy ta’lim pedagoglarining raqamli va sun’iy intellekt bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni almashish hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga bag‘ishlandi.
Forumning
ikkinchi kunida texnikum o‘qituvchilari, ta’lim sohasi vakillari
va koreyalik ekspertlar ishtirok etdilar. Dastur doirasida maxsus ma’ruza,
savol-javob va muhokamalar, texnikumlarning ilg‘or tajribalariga
bag‘ishlangan taqdimotlar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga oid
uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirning
mazmunli va samarali tashkil etilishida Raqamli ta’limni rivojlantirish
markazi (DEISC) koordinatori, dotsent G‘ozal Eshchanovaning moderator
sifatidagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. Forum davomida sessiyalar
izchil olib borilib, ma’ruzachilar va ishtirokchilar o‘rtasida samarali muloqot
hamda tajriba almashinuvi uchun qulay muhit yaratildi.
Koreyalik
ekspertning maxsus ma’ruzasi
Forumning
asosiy tadbirlaridan biri koreyalik ta’lim eksperti, professor Myungsook
Choi tomonidan o‘tkazilgan maxsus ma’ruza bo‘ldi. Ma’ruza “Texnikum
o‘qituvchilarining raqamli va sun’iy intellekt kompetensiyalarini mustahkamlash
uchun pedagogik qo‘llab-quvvatlash strategiyalari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda
kasbiy ta’lim pedagoglarining raqamli savodxonligini oshirish, sun’iy
intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish va zamonaviy
texnologiyalar asosida o‘qitish metodlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib
chiqildi.
Ma’ruzadan
so‘ng ishtirokchilar bilan savol-javob va muhokamalar tashkil etilib, pedagogik
faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda o‘qituvchilarni
qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Texnikumlarning
ilg‘or tajribalari taqdim etildi
Forum
dasturining navbatdagi qismida kasbiy ta’lim muassasalarining ilg‘or
tajribalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
Dastlab,
Samarqand shahridagi 4-son xalqaro texnikum direktori Ismoil Ergashev taqdimot
bilan ishtirok etdi. U o‘z ma’ruzasida Keymyung Kollej Universiteti bilan 10
yil davomida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, ushbu hamkorlik doirasida
erishilgan yutuqlar va kasbiy ta’limni rivojlantirish borasida amalga
oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, xalqaro
hamkorlikning ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va
pedagogik faoliyatni takomillashtirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Taqdimot
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi uzoq yillik ta’lim
hamkorligining amaliy natijalarini namoyon etib, kasbiy ta’lim muassasalari
o‘rtasida tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek,
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakultetining
“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri, dotsent Rustam Baratov
tomonidan ilg‘or tajribalar taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur
taqdimotlar davomida ishtirokchilar kasbiy ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or
tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy o‘qitish usullarini keng joriy etish
masalalarini muhokama qildilar. Savol-javoblar esa o‘zaro fikr almashish va
yangi g‘oyalarni ilgari surish uchun imkoniyat yaratdi.
Kelgusidagi
hamkorlik istiqbollari
Forumning
yakuniy qismida kun davomida muhokama qilingan masalalar umumlashtirilib, talabalar
almashinuvini rivojlantirish va O‘zbekiston–Koreya ta’lim
hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga e’tibor qaratildi.
Ikki
kun davomida yuqori saviyada tashkil etilgan xalqaro forum kasbiy ta’limni
modernizatsiya qilish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, raqamli
texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda
ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
Mazkur
forum O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi
aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish va
kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan
biri bo‘ldi.
Forum
yakunida tadbirda faol ishtirok etgan ma’ruzachilar va ishtirokchilar ta’lim
sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi hamda faol ishtiroki
uchun sertifikatlar bilan taqdirlandi. Sertifikatlar forum doirasida
amalga oshirilgan tajriba almashinuvi va O‘zbekiston–Koreya ta’lim hamkorligini
yanada mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarning e’tirofi bo‘ldi.
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti dotsenti Go’zal Eshchanova ma’lumoti