Toshkentda O‘zbekiston–Koreya ta’lim innovatsiyalari forumi bo‘lib o‘tdi
20.10.2026
2026-yil 19–20-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Rich Park mehmonxonasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Keymyung Kollej Universiteti xamkorligida “Ta’lim innovatsiyalaridan kelajakdagi hamkorlik sari” (From Teaching Innovation to Future Cooperation) mavzusida O‘zbekiston–Koreya ta’lim innovatsiyalari forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda
Koreya Respublikasining Keymyung Kollej Universiteti professorlari va vakillari,
O‘zbekistonning texnikum direktorlari, kasbiy ta’lim sohasi vakillari,
ta’lim muassasalari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok
etdilar. Tadbir davomida kasbiy ta’limni rivojlantirish, ilg‘or xalqaro
tajribalarni o‘rganish, innovatsion ta’lim yondashuvlarini joriy etish va
xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Forum
sessiyalariga DEISC markazi koordinatori, dotsent G‘ozal Eshchanova
moderatorlik qildi.
Tadbirning
ochilish marosimida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti O‘quv ishlari
bo‘yicha prorektori, professor Xudayarov Baxtiyor Alimovich kirish so‘zi
bilan ishtirokchilarni qutladi. O‘z nutqida professor ta’lim sohasidagi xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini joriy etish hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi
o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga alohida
to‘xtaldi.
Shuningdek,
prorektor LUPIC loyihasi doirasida universitet xuzuridagi Mexatronika
Texnikumi va Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi (DEISC) faoliyati,
yozgi maktab dasturi va akademik almashinuv doirasidagi hamkorlikning
ahamiyatini keng yoritib berdi. Xususan, Keymyung Kollej Universiteti bilan
yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, universitet professor-o‘qituvchilarining mazkur
oliy ta’lim muassasasida o‘tayotgan amaliyotlari hamda GSL dasturi
g‘oliblarining yutuqlari ta’lim sohasidagi xalqaro tajriba almashinuvi va
hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Mazkur xalqaro forum LUPIC (Leading
Universities Project for International Cooperation) loyihasi doirasida Raqamli
ta’limni rivojlantirish markazi (DEISC) koordinatori, dotsent G‘ozal Eshchanova
va markaz assistenti Aziz Nigmatov va Janubiy Koreyalik xamkorlarimiz
tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.
Forum
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi
hamkorlikni rivojlantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshirish, raqamli
texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy
salohiyatini mustahkamlashga qaratildi.
Keymyung
Kollej Universiteti prezidenti Seungho Park “4P modeli orqali O‘zbekiston texnikumlarining
kelajagini ochish” (Unlocking the Future of Uzbekistan’s Technikums with
the 4Ps) mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi. Taqdimotda
O‘zbekistonda kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish, texnikumlar faoliyatini
zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda ta’lim muassasalari va
ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor
qaratildi. Shuningdek, 4P modeli asosida kasbiy ta’lim samaradorligini oshirish,
amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va bitiruvchilarning mehnat bozorida
raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatlari yoritildi. Taqdimot O‘zbekiston
va Koreya Respublikasi o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni
o‘rganish hamda ularni mahalliy ta’lim tizimiga tatbiq etish istiqbollarini
muhokama qilish uchun muhim zamin yaratdi.
Professor
Sungha Lee LUPIC
ta’lim salohiyatini rivojlantirish dasturining asosiy natijalari va erishilgan
yutuqlariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzada kasbiy ta’lim
muassasalarining salohiyatini oshirish, pedagoglarning kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro
tajribalarni tatbiq etishning ahamiyati yoritildi. Professor, shuningdek, forum
doirasida texnikum o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarini
samimiy qutlab, ularni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va
pedagoglarning tashabbuskorligi hamda kasbiy mahoratini e’tirof etdi. Ushbu
ma’ruza kasbiy ta’lim sifatini oshirishda pedagoglar salohiyati, tajriba
almashinuvi va xalqaro hamkorlikning muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.
Kasbiy
ta’limni rivojlantirish instituti professori Murodullo Xolmuhammedov “O‘zbekiston–Koreya xalqaro forumi:
kasbiy ta’lim va inson imkoniyatlarini kapitallashtirish” mavzusida
taqdimot qildi. Unda inson kapitalini rivojlantirish, kasbiy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni zamonaviy iqtisodiyot ehtiyojlariga muvofiqlashtirish hamda
kasbiy ta’limning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rnini kuchaytirish
masalalari ko‘tarildi. Shuningdek, ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va
xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash orqali malakali
mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Taqdimot kasbiy ta’limni nafaqat bilim berish, balki inson salohiyatini
ro‘yobga chiqarish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash vositasi
sifatida ko‘rib chiqish imkonini berdi.
Raqamli
ta’limni rivojlantirish markazining bosh mutaxassisi PhD Nilufar Begibayeva “O‘zbekistonda raqamli
texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish: Raqamli ta’limni
rivojlantirish markazi nigohida” mavzusida ma’ruza qildi. Taqdimotda ta’lim
jarayoniga raqamli yechimlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiya
qilish, o‘qitish samaradorligini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar
asosida ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yoritildi. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitini
rivojlantirish, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini mustahkamlash
va innovatsion vositalardan samarali foydalanish orqali ta’lim sifatini
yaxshilash istiqbollariga e’tibor qaratildi. Ma’ruza raqamli transformatsiya
sharoitida ta’lim muassasalarining yangi talablarga moslashuvi va sun’iy
intellekt imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish muhimligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston
Respublikasi Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili Nasimbek Lutfiyev “O‘zbekistonda ta’limni baholash,
kompetensiyalar va sertifikatlash: bugungi holat va kelajakdagi yo‘nalishlar”
mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi. Taqdimotda ta’lim natijalarini xolis va
ishonchli baholash, o‘quvchilarning bilimlari bilan bir qatorda amaliy
kompetensiyalarini aniqlash hamda baholash tizimlarini zamonaviy talablar
asosida takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kompetensiyalarni
baholash va sertifikatlash mexanizmlarini rivojlantirish, malakalarni tan
olish hamda ta’lim natijalarini mehnat bozori ehtiyojlari bilan
uyg‘unlashtirishning ahamiyati ta’kidlandi. Ushbu taqdimot ta’lim sifati va
kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashda shaffof baholash tizimlari, aniq
kompetensiya mezonlari va ishonchli sertifikatlash mexanizmlarining
dolzarbligini ochib berdi.
Volontyor talabalar faol ishtirok etishdi
Forumni
tashkil etish va uning yuqori saviyada o‘tkazilishida “TIQXMMI” Milliy
tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish
ta’lim yo‘nalishi talabalari volontyor sifatida faol ishtirok etdilar.
Jumladan,
246-guruh talabalari Madaminova Sevara, Masharipova Shirin, Pirjanova
Orazgul va Bayramlurdyyeva Nurjahan; 244-guruh talabalari Yusupova
Arzuv, Rozmetov Xayrulla va Begenjov Jeyxun; 243-guruh talabasi Amandgeldiyeva
Mehribanlar tadbirning tashkiliy ishlariga ko‘maklashdilar.
Volontyor
talabalar
mehmonlarni kutib olish, ishtirokchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va tashkiliy
jarayonlarda yordam berish orqali forumning muvaffaqiyatli o‘tishiga munosib
hissa qo‘shdilar. Ushbu tajriba talabalarning muloqot qilish, jamoada ishlash
va tashkiliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
Forum
yakunida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi
hamkorlikni mustahkamlash, kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish, raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish hamda yoshlarning zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro forum dasturining birinchi kuni o’z ichiga ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni almashish va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish kabi maqsadlarga erishish yo’lida muhim qadam bo‘ldi.