Sog'lom turmush tarzi tarafdorlari
20.10.2026
Joriy yilning 19 - oktabr kuni " Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakultetining tyutori X.Saidova va Toshkent shahar OITS ga qarshi kurashish markazi mutaxassisi M.Z.Zoirov boshchiligida 1-bosqich faol talabalariga “Biz - sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir uyushtirildi.
Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr qurishning garovi sog'lom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. Zero, har birimiz, eng avvalo,o'z sog'lig'imizni o'ylashimiz darkor. Ana shunda xotirjam va farovon hayot kechirgan, ko'plab asoratli xastaliklarning oldini olgan bo'lamiz.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.
" Ekologiya va huquq" tyutori X Saidova axboroti
Universitet matbuot xizmati