“Rektor kubogi-2026”: voleybol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi!

20.10.2026

#Sport #Yangilik

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talaba-qizlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha fakultetlararo “Rektor kubogi-2026” musobaqasi qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tkazildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Iqtisodiyot fakulteti terma jamoasi.
🥈 2-o‘rin — Yer resurslari va kadastr fakulteti terma jamoasi.
🥉 3-o‘rin — Ekologiya va huquq fakulteti terma jamoasi.


Universitet bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Iqtisodiyot fakulteti terma jamoasi Toshkent shahar hududiy bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Hududiy bosqichda universitetimiz sharafini himoya qiladigan jamoaga omad va zafarlar tilaymiz!