Memorandumdan amaliy natijaga: universitetlararo binar ma’ruza o‘tkazildi

16.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

Joriy yilning 15 oktabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining «Professional ta’lim» kafedrasi hamda Sarbon universitetining «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi ijrosi doirasida Umumiy psixologiya fanidan binar ma’ruza darsi tashkil etildi.

Ma’ruza «Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili» ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni Sarbon universiteti «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F.S. Mamirova hamda universitetning «Professional ta’lim» kafedrasi dotsenti I.I. Rahimova hamkorlikda olib borishdi.

Dars davomida psixologiyaning nazariy asoslari bilan bir qatorda uning amaliy yo‘nalishlari ham keng yoritildi. Bu talabalarga psixologik bilimlarning kasbiy faoliyatdagi, xususan, ta’lim jarayonida va til o‘qitishdagi ahamiyatini chuqurroq anglash imkonini berdi.

Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining hamkorlikdagi ishtiroki talabalarga turli ilmiy yondashuvlar va yondashuv usullarini solishtirish imkoniyatini yaratdi.

Binar ma’ruza memorandumda belgilangan ilmiy-pedagogik hamkorlikning amaliy natijasi bo‘lib, universitetlararo tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Hamkorlikni kelgusida ham davom ettirish, shu jumladan boshqa fanlar bo‘yicha qo‘shma darslar va ilmiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. 

 

Axborot beruvchi Professional ta’lim kafedrasi dotsenti I.I.Raximova