“Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasida “Energetika” fakultet jamoasi ishtirok etdi
14.10.2026
Joriy
yilning 14-oktyabr kuni “Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan tashkil
etilgan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi
innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” da “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika”
fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining Autonomous jamoasi o‘zining innovatsion ishlanmalari
bilan faol ishtirok etdi.
Mazkur
ko‘rgazmada jamoa tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar zamonaviy
texnologiyalar, muhandislik yechimlari va innovatsion yondashuvlarni namoyish
etishga qaratildi. Jamoaning ishtiroki ilmiy-texnik salohiyatni namoyon etish,
yangi g‘oyalarni keng jamoatchilikka taqdim qilish hamda ilg‘or tajribalarni
o‘rganish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Bunday ko‘rgazmalar yoshlarning
ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion fikrlashini rivojlantirish
va yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar
yaratadi.
Autonomous jamoasiga
kelgusidagi ilmiy izlanishlari va innovatsion loyihalarida muvaffaqiyatlar
tilaymiz!