“Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasida “Energetika” fakultet jamoasi ishtirok etdi

14.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

Joriy yilning 14-oktyabr kuni “Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” da “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining Autonomous jamoasi o‘zining innovatsion ishlanmalari bilan faol ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rgazmada jamoa tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar zamonaviy texnologiyalar, muhandislik yechimlari va innovatsion yondashuvlarni namoyish etishga qaratildi. Jamoaning ishtiroki ilmiy-texnik salohiyatni namoyon etish, yangi g‘oyalarni keng jamoatchilikka taqdim qilish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bunday ko‘rgazmalar yoshlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion fikrlashini rivojlantirish va yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Autonomous jamoasiga kelgusidagi ilmiy izlanishlari va innovatsion loyihalarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!