“Millat fidoyilarining hayoti va jasorati — yoshlar uchun ibrat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
14.10.2026
2026-yil 14-oktabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 1-kurs talabalari hamda “Metrologiya va muhandislik loyihalash” kafedrasi katta o‘qituvchisi Tashpo‘latov Quvondiq Berdibekovich ishtirokida “Millat fidoyilarining hayoti va jasorati — yoshlar uchun ibrat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, fidoyilik va jasorat kabi yuksak insoniy fazilatlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Tashpo‘latov Quvondiq Berdibekovich o‘z nutqida Vatan chuqur ma’no va mazmunga ega bo‘lgan muqaddas tushuncha ekanligini ta’kidlab, uni sevish, qadrlash va ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish har bir inson uchun sharafli burch ekanini qayd etdi.
Shuningdek, inson hayotda ezgu maqsadlar sari intilishi, ularga erishish uchun yoshlikdan aniq maqsad qo‘yishi, zarur bilim, ko‘nikma va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan baquvvat hamda ruhan sog‘lom bo‘lishi lozimligi haqida fikr bildirdi. U o‘zining xizmat faoliyati davomida bosib o‘tgan hayot yo‘li, to‘plagan tajribalari va universitet faoliyati doirasida amalga oshirgan ishlari haqida talabalarga ma’lumot berdi.
Tadbir davomida yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, millat fidoyilarining hayoti va jasoratini keng targ‘ib qilish, ularning ibratli faoliyatini yoshlar orasida ommalashtirish hamda tarixiy xotirani asrab-avaylashning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir talabalarda vatanparvarlik, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlaydi