Axborot-resurs markazida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ma`sul xodimlari ishtirokidagi “Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?” mavzusidagi tadbir tashkil etildi

14.10.2026

#Yangilik

Joriy yilning 13 oktabr sanasida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” oyligiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida,  “Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?” mavzusida universitetimiz Axborot-resurs markazi xodimlari hamda “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalari ishtirokida o`quv mashg`ulotlari o`tkazildi. O`quv mashg`ulotlarini O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bo`lim mudiri yurist Sharofiddin Abdumalikov olib bordi. U “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida nutq so`zlab, mualliflik huquqi asoslari, plagiat va javobgarlik, akademik halollik va suniy intellekt, qaysi holatda plagiat hisoblanishi, nima himoyalanadi, nima himoyalanmaydi, muallifning ikki turdagi huquqi va boshqalar to`g`risida gapirib o`tdi. “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalari  hamda ARM xodimlari kerakli savollarga yetarlicha javoblarni oldilar.

                                                                       Axborot-resurs markazi ma’lumoti