Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif
09.10.2026
Universitetga iqtidorli yoshlarni
jalb etish maqsadida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov 2026 yil 6 oktyabr
kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, maktab direktor o‘rinbosarlari
va eng iqtidorli o‘quvchisi Sh.Ibragimov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida
o‘quvchining ta’limdagi yutuqlari, soha bo‘yicha qiziqishlari, erishgan natijalari
hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishildi. Xususan, Sh.Ibragimov barcha
fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirayotgani, fizika va kosmik texnologiyalarga alohida
qiziqish bildirishi hamda kelajakda astrofizika sohasida ilmiy faoliyat olib borish
istagini ma’lum qildi. O‘quvchining qiziqish va intilishlarini inobatga olgan holda,
uning astrofizika sohasida bilimlarini yanada rivojlantirish maqsadida o‘quvchining
har haftada Universitetga tashrif buyurishi va ma’ruza mashg‘ulotlarda ishtirok
etishini yo‘lga qo‘yish, Universitet qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar
institutida astrofizika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yetakchi olimlarni unga
biriktirish taklif etildi. Shuningdek, o‘quvchini qiziqish va qobiliyatlariga mos
ravishda Universitetdagi iqtidorli yoshlar to‘garaklari va startap loyihalarga jalb
etish, yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan ochiq ma’ruza va
seminarlarda muntazam ishtirokini ta’minlash bo‘yicha takliflar berildi.