Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif

09.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

Universitetga iqtidorli yoshlarni jalb etish maqsadida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov 2026 yil 6 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, maktab direktor o‘rinbosarlari va eng iqtidorli o‘quvchisi Sh.Ibragimov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘quvchining ta’limdagi yutuqlari, soha bo‘yicha qiziqishlari, erishgan natijalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishildi. Xususan, Sh.Ibragimov barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirayotgani, fizika va kosmik texnologiyalarga alohida qiziqish bildirishi hamda kelajakda astrofizika sohasida ilmiy faoliyat olib borish istagini ma’lum qildi. O‘quvchining qiziqish va intilishlarini inobatga olgan holda, uning astrofizika sohasida bilimlarini  yanada rivojlantirish maqsadida o‘quvchining har haftada Universitetga tashrif buyurishi va ma’ruza mashg‘ulotlarda ishtirok etishini yo‘lga qo‘yish, Universitet qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutida astrofizika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yetakchi olimlarni unga biriktirish taklif etildi. Shuningdek, o‘quvchini qiziqish va qobiliyatlariga mos ravishda Universitetdagi iqtidorli yoshlar to‘garaklari va startap loyihalarga jalb etish, yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan ochiq ma’ruza va seminarlarda muntazam ishtirokini ta’minlash bo‘yicha takliflar berildi.