7 oktyabr kuni «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida 3rd International Congress on Environmental Science, Technology and Engineering (ICESTE-2026) xalqaro kongressining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
09.10.2026
Kongressning ochilish marosimida universitet rektori, professor Bahodir Mirzaev ishtirokchilarni qutlab, xalqaro ilmiy hamkorlik, tajriba va bilim almashinuvining ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, joriy yilgi kongressda 9 ta davlat va O‘zbekistonning 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan olimlar ishtirok etayotgani, 100 dan ziyod ilmiy maqola taqdim etilgani qayd etildi.
Ochilish marosimida China Agricultural University professori, iBEST bosh direktori Renjie Dong (Xitoy) hamda Sustainable Development & Circular Economy Research Centre bosh direktori, ISWMAW asoschisi va prezidenti Sadhan Kumar Ghosh (Hindiston) faxriy ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.
Shuningdek, AQSh, Xitoy, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya, Turkiya, Hindiston, Malayziya
va boshqa mamlakatlarning yetakchi olimlari tomonidan energetika, ekologik barqarorlik,
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va zamonaviy muhandislik yechimlariga bag‘ishlangan
ma’ruzalar tinglandi.