Universitetimizning 6 nafar talabasi “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” sovrindori bo‘ldi
09.10.2026
“TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universitetida tahsil olayotgan yoshlarning intellektual
salohiyatini yuksaltirish, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash,
iqtidorli talabalarni aniqlash hamda munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Ana
shunday e’tibor va qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasi sifatida suv xo‘jaligi
sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”
tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur
stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil
7-oktabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Suv
xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining 2024-yil
11-dekabrdagi 258-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Suv
xo‘jaligi vazirligining “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ni berish va to‘lash
tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etildi.
Tanlovda
universitetimizdan 10 nafar
iqtidorli talabaning nomzodi respublika bosqichida ishtirok etish uchun taqdim
etildi.
Respublika
bosqichida talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari hamda test
sinovlari natijalari Vazirlik tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan
belgilangan nizom talablari asosida har tomonlama ko‘rib chiqildi.
Yakuniy
natijalarga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 6 nafar iqtidorli talabasi “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”
sovrindori bo‘ldi.
Ular:
🔹 Kozimov Izzatillo Baxtiyorjon o‘g‘li —
Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich
talabasi;
🔹 Ergashev Behzod Baxtiyor o‘g‘li — Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika
ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
🔹 G‘aniyev Samandar Abdusamat o‘g‘li — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va
melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
🔹 Ziyoviddinov Risqiddin Kamoliddin o‘g‘li — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va
melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;
🔹 Qurbonazarov Daston Xudoynazarovich — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va
melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;
🔹 Arifbayev Baxtiyor Jamshidovich — Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika
ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.
Ushbu
yuksak natija talabalarimizning ilmiy izlanishlari, bilim va salohiyati,
tashabbuskorligi hamda suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga bo‘lgan
intilishlarining munosib e’tirofidir.
“Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ning 6 nafar
universitetimiz talabasi tomonidan qo‘lga kiritilgani yoshlarimizni ilm-fan,
innovatsiya va kasbiy rivojlanish yo‘lida yanada katta marralar sari
ruhlantirishi shubhasiz.
Universitet
jamoasi nomidan stipendiya sovrindorlarini ushbu yuksak yutuq bilan samimiy
muborakbod etamiz!
Yosh
iqtidor egalariga kelgusidagi ilmiy izlanishlari, ta’lim va kasbiy faoliyatida
ulkan muvaffaqiyatlar, yangi-yangi yutuqlar hamda suv xo‘jaligi sohasining
rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida omad va zafarlar tilaymiz!
Yutuqlaringiz
bardavom bo‘lsin, aziz talabalar!