Universitetimizning 6 nafar talabasi “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” sovrindori bo‘ldi

09.10.2026

#Ta`lim

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida tahsil olayotgan yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talabalarni aniqlash hamda munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shunday e’tibor va qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasi sifatida suv xo‘jaligi sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 258-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ni berish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etildi.

Tanlovda universitetimizdan 10 nafar iqtidorli talabaning nomzodi respublika bosqichida ishtirok etish uchun taqdim etildi.

Respublika bosqichida talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari hamda test sinovlari natijalari Vazirlik tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan belgilangan nizom talablari asosida har tomonlama ko‘rib chiqildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 6 nafar iqtidorli talabasi “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” sovrindori bo‘ldi.

Ular:

🔹 Kozimov Izzatillo Baxtiyorjon o‘g‘li — Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;

🔹 Ergashev Behzod Baxtiyor o‘g‘li — Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;

🔹 G‘aniyev Samandar Abdusamat o‘g‘li — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;

🔹 Ziyoviddinov Risqiddin Kamoliddin o‘g‘li — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;

🔹 Qurbonazarov Daston Xudoynazarovich — Gidromelioratsiya fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;

🔹 Arifbayev Baxtiyor Jamshidovich — Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Gidroenergetika ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

Ushbu yuksak natija talabalarimizning ilmiy izlanishlari, bilim va salohiyati, tashabbuskorligi hamda suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarining munosib e’tirofidir.

“Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ning 6 nafar universitetimiz talabasi tomonidan qo‘lga kiritilgani yoshlarimizni ilm-fan, innovatsiya va kasbiy rivojlanish yo‘lida yanada katta marralar sari ruhlantirishi shubhasiz.

Universitet jamoasi nomidan stipendiya sovrindorlarini ushbu yuksak yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yosh iqtidor egalariga kelgusidagi ilmiy izlanishlari, ta’lim va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi-yangi yutuqlar hamda suv xo‘jaligi sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida omad va zafarlar tilaymiz!

Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz talabalar!