“Fermer ayollar: ilm, innovatsiya va agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasi” xalqaro Forumi
08.10.2026
Ayni paytda poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Xalqaro
qishloq ayollari kuniga bag‘ishlangan “Fermer ayollar: ilm, innovatsiya va agrooziq-ovqat
tizimlari transformatsiyasi” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ilmoqda.
Nufuzli xalqaro anjumanda qishloq xo‘jaligida xotin-qizlarning o‘rni,
fermer ayollarning zamonaviy agrar taraqqiyotdagi ishtiroki, ilm-fan va
innovatsiyalarning qishloq xo‘jaligiga tatbiqi hamda oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashda ayollarning hissasi kabi muhim masalalar muhokama qilinmoqda
Forumda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri
Ibrohim Abdurahmonov bugungi kunda agrar sohada ayollarning o‘rni va ahamiyati
tobora kengayib borayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Shu bilan birga
anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti (FAO), O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar
qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Fermerlari kengashi raisi, BMTning
O‘zbekistondagi doimiy koordinatori, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari
kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari
qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va
qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO /FAO) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha
mintaqaviy ofisining gender masalalari va ijtimoiy himoya bo‘yicha katta maslahatchisi,
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ilm-fan, innovatsiyalar
va taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Shveysariya Karitas
tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori, O‘zbekiston
Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ilm-fan, innovatsiyalar va taʼlimni
rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i va bir qancha mutasaddi xodimlar , xorijiy
ekspertlar o‘z maʼruzalari bilan qatnashdilar.
Ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligi - bu
nafaqat texnika, texnologiya, hosildorlik va iqtisodiy samaradorlik, balki,
avvalo, inson omili mujassam bo‘lgan sohadir. Bu jarayonda ayollarning o‘rni va
hissasi beqiyosdir. Zero, qishloq hayotining barqarorligi, oilalar farovonligi,
yerga mehr va mehnat madaniyatining shakllanishida ayollar alohida o‘rin
tutadi.
Shular qatorida universitet
“Professional taʼlim” kafedra professori Ismailova Zuxra Karabayevna ham seksiyalar yig‘ilishida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin-qizlarning ishtiroki
va yetakchiligini kuchaytirish” mavzusida
o‘z maʼruzasi bilan qatnashdi.
Bu mavzu doirasida
ayollarning imkoniyatlari va salohiyati alohida ahamiyat kasb etishi va qishloq
ayollariga imkoniyat berish - bu faqat bir guruh insonlarni qo‘llab-quvvatlash
emas, balki butun soha yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan mutasaddi
tashkilotlarning ham asosiy vazifasi masalalariga alohida to‘htalib o‘tildi.