O‘zbek tili olimpiadasi o‘tkazildi

07.10.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 3-avgustdagi 321-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, universitetda tahsil olayotgan xorijlik talabalarning o‘zbek tili va milliy-madaniy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim hamda ilmiy salohiyatini namoyon etishlariga ko‘maklashish hamda yangi iqtidorlarni kashf qilish, ularni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yil 5-oktyabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “O‘zbek tili bo‘yicha Respublika olimpiadasi”ning universitet bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiadada universitetning turli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 40 ga yaqin xalqaro talabalar ishtirok etdi. Talabalarning o‘zbek tilidan leksik va gramatik bilimlarini tekshirish maqsadida maxsus savollardan iborat test topshiriqlari shakllantirildi. Test jarayonlaridan tashqari olimpiada ishtirokchilariga O‘zbek urf-odatlarini bilish darajasini aniqlashga oid savol-javoblar ham o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi 3 nafar talaba yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Bular:

1-o‘rin Yusupova Hosiyat

2-o‘rin Hudayberganova Guli

3-o‘rin Ziyatov Shyhnazar

Ushbu natijalarni qo‘lga kiritgan talabalar o‘z navbatida Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Shu o‘rinda ushbu olimpiadani o‘tkazish va tashkil etishda yaqindan yordam bergan va jonbozlik ko‘rsatgani uchun “Tillar kafedrasi” jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.         

Yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan talabalarni tabriklagan holda navbatdagi bosqichdagi ishtiroklarida omad tilab qolamiz.

Universitet ilmiy tuzilmasi axboroti.