“Ingliz tili” kafedrasida “General English Club” faoliyatiga start berildi
07.10.2026
Joriy yilning 6-oktyabr sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, “Iqtisodiyot” fakulteti, “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan talabalarning ingliz tilini amaliy o‘rganishi, til ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda ingliz tilida erkin muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida General English Club/Umumiy Ingliz tili to‘garagi o‘z faoliyatini boshladi.
To‘garakning
ilk mashg‘uloti “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova
tomonidan tashkil etildi.
Mashg‘ulot
davomida Communicative Language Teaching, Pair Work, Dialogue Practice, Role
Play, Question-and-Answer, Grammar in Context hamda Integrated Skills
Approach kabi zamonaviy metod va yondashuvlardan foydalanildi. Talabalar
juftlik va kichik guruhlarda ishlash, og‘zaki dialoglar tuzish,
savol-javoblar orqali muloqotga kirishish, o‘zlarini ingliz tilida
tanishtirish, yangi lug’at va grammatik birliklarni amaliy
vaziyatlarda qo‘llash orqali speaking, reading, listening va boshqa til
ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
Bunday
yondashuv orqali talabalar yangi so‘z va grammatik birliklarni shunchaki
o‘zlashtirish bilan cheklanmay, ularni real muloqot jarayonida qo‘llash
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, speaking, reading, listening va
boshqa til ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirishga e’tibor
qaratildi.
General
English to‘garagi doirasida “Ingliz tili” kafedrasining bir qator
professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam mashg‘ulotlar olib boriladi.
To‘garak talabalarning ingliz tilidagi bilimlarini mustahkamlash, lug‘at
boyligini kengaytirish, grammatik bilimlarini amaliyotda qo‘llash hamda xorijiy
tilda erkin va ishonchli muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
xizmat qiladi.