“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 2-kurs magistranti (HNEE) Germaniyada Erasmus+ dasturi doirasida tahsil olmoqda
07.10.2026
“TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti va Germaniyaning Eberswalde University for Sustainable Development
(HNEE) o‘rtasida amalga oshirilayotgan Erasmus+ akademik mobillik loyihasi
doirasida universitet magistranti Nirimuhammad Omonov ayni paytda
Germaniyada tahsil olmoqda.
Mazkur
loyixaga O’zbekistondan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori
Prof.B.S.Mirzayev koordinator xisoblanadi, loyixa a’zosi dots.G.Eshchanovadir.
Universitetning
Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich magistranti Nirimuhammad Omonov Erasmus+
stipendiyasini qo‘lga kiritib, 2026–2027-o‘quv yilining kuzgi sememstri
davomida HNEE/ Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universitetida “exchange
student” ta’lim almashuvchi talaba sifatida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lganligini
ma’lum qilgandik. Stipendiyaning umumiy qiymati 5 920 yevroni tashkil
etadi.
Hozirda
Nirimuhammad Omonov HNEEda ta’lim jarayonida faol ishtirok etib, iqtisodiyot
sohasidagi bilimlarini xalqaro akademik muhitda yanada boyitmoqda. Germaniyada
tahsil olish unga zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan yaqindan tanishish,
xorijiy talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish hamda
xalqaro ilmiy-tadqiqot muhitida o‘z salohiyatini rivojlantirish imkonini
bermoqda.
Erasmus+
akademik mobillik dasturi doirasidagi ushbu imkoniyat talabaning professional
va ilmiy rivojlanishi bilan bir qatorda, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining
xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi faoliyatining amaliy
natijalaridan biridir.
“TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti va HNEE o‘rtasidagi Erasmus+ hamkorligi kelgusida
ham davom ettirilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida turli semestrlarda
magistrantlar va doktorantlarni akademik hamda ilmiy-ta’lim almashinuvi
dasturlari asosida Germaniyaga yuborish ko‘zda tutilgan.
Bunday
xalqaro almashinuv dasturlari yosh tadqiqotchilarning xalqaro tajribasini
boyitish, ilmiy va akademik salohiyatini oshirish, xorijiy ta’lim tizimlari
bilan tanishish hamda global akademik hamjamiyatga integratsiyasini
kuchaytirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Nirimuhammad
Omonovning Germaniyada tahsil olayotgani universitetimiz talabalarining xalqaro
ta’lim va akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish uchun keng
imkoniyatlarga ega ekanini yana bir bor namoyon etadi.
Universitetimiz barcha talabalarini Erasmus+ va boshqa xalqaro grant hamda akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etishga, yangi imkoniyatlardan foydalanishga va o‘z bilim hamda tajribalarini xalqaro miqyosda rivojlantirishga chorlaydi.