“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 2-kurs magistranti (HNEE) Germaniyada Erasmus+ dasturi doirasida tahsil olmoqda

07.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Germaniyaning Eberswalde University for Sustainable Development (HNEE) o‘rtasida amalga oshirilayotgan Erasmus+ akademik mobillik loyihasi doirasida universitet magistranti Nirimuhammad Omonov ayni paytda Germaniyada tahsil olmoqda.

Mazkur loyixaga O’zbekistondan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Prof.B.S.Mirzayev koordinator xisoblanadi, loyixa a’zosi dots.G.Eshchanovadir.

Universitetning Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich magistranti Nirimuhammad Omonov Erasmus+ stipendiyasini qo‘lga kiritib, 2026–2027-o‘quv yilining kuzgi sememstri davomida HNEE/ Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universitetida “exchange student” ta’lim almashuvchi talaba sifatida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lganligini ma’lum qilgandik. Stipendiyaning umumiy qiymati 5 920 yevroni tashkil etadi.

Hozirda Nirimuhammad Omonov HNEEda ta’lim jarayonida faol ishtirok etib, iqtisodiyot sohasidagi bilimlarini xalqaro akademik muhitda yanada boyitmoqda. Germaniyada tahsil olish unga zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan yaqindan tanishish, xorijiy talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot muhitida o‘z salohiyatini rivojlantirish imkonini bermoqda.

Erasmus+ akademik mobillik dasturi doirasidagi ushbu imkoniyat talabaning professional va ilmiy rivojlanishi bilan bir qatorda, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi faoliyatining amaliy natijalaridan biridir.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va HNEE o‘rtasidagi Erasmus+ hamkorligi kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida turli semestrlarda magistrantlar va doktorantlarni akademik hamda ilmiy-ta’lim almashinuvi dasturlari asosida Germaniyaga yuborish ko‘zda tutilgan.

Bunday xalqaro almashinuv dasturlari yosh tadqiqotchilarning xalqaro tajribasini boyitish, ilmiy va akademik salohiyatini oshirish, xorijiy ta’lim tizimlari bilan tanishish hamda global akademik hamjamiyatga integratsiyasini kuchaytirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Nirimuhammad Omonovning Germaniyada tahsil olayotgani universitetimiz talabalarining xalqaro ta’lim va akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish uchun keng imkoniyatlarga ega ekanini yana bir bor namoyon etadi.

Universitetimiz barcha talabalarini Erasmus+ va boshqa xalqaro grant hamda akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etishga, yangi imkoniyatlardan foydalanishga va o‘z bilim hamda tajribalarini xalqaro miqyosda rivojlantirishga chorlaydi.