Xiva tumanidagi dual amaliyot - Ilmiy maslahatchi nigohida

07.10.2026

#Ta`lim #Yangilik

Talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish va sohaga malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Xiva tumanida bo‘lib, joylardagi amaliyot jarayonlari yaqindan o‘rganildi. Ushbu amaliy sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son qarori ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xiva tuman suv etkazib berish davlat muassasasida amaliyot o‘tayotgan talaba hamda unga biriktirilgan mas’ul rahbar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Universitet rektori B.Mirzaev va Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari U.Masharipov tomonidan tasdiqlangan 6 oylik uzluksiz ishlab chiqarish amaliyoti dasturining mazmun-mohiyati ilmiy maslahatchi B.Matyakubov tomonidan tushuntirib o‘tildi.

Shu bilan bir qatorda, hududda amalga oshirilgan irrigatsiya va melioratsiya ishlari ilmiy-texnik jihatdan kuzatuvdan o‘tkazildi.

Jumladan, tumanning umumiy sug‘oriladigan maydoni 24 413,5 gektarni tashkil etib, 2026 yilgi mavsumda suv bilan ta’minlanganlik darajasi talab darajasida bo‘lgani qayd etildi.

“Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari to‘liq bajarilgani kuzatildi. Shuningdek, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari 75 foizga bajarilgan bo‘lib, ularni yil oxirigacha to‘liq yakunlash vazifasi belgilab olindi.

“Oq yop” suv taqsimlash inshootida o‘rganish ishlari olib borildi. “Oq yop” kanalining 91-piketida joylashgan “Oq yop-serchali” suv taqsimlash inshooti ko‘zdan kechirilib, soha mutaxassislariga ilmiy-texnik maslahatlar berildi.

Inshootning asosiy gidravlik ko‘rsatkichlari:

“Oq yop” kanalining suv o‘tkazish qobiliyati: 5.5 m³/s

“Serchali” dahanasining suv o‘tkazish qobiliyati: 1.5 m³/s

Bu kabi bevosita ishlab chiqarish ob’ektlaridagi texnik tahlillar va amaliy muloqotlar talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini boyitishda muhim poydevor hisoblanadi.

 Universitet matbuot xizmati