Xiva tumanidagi dual amaliyot - Ilmiy maslahatchi nigohida
07.10.2026
Talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish va sohaga malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Xiva tumanida bo‘lib, joylardagi amaliyot jarayonlari yaqindan o‘rganildi. Ushbu amaliy sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son qarori ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xiva tuman suv etkazib berish
davlat muassasasida amaliyot o‘tayotgan talaba hamda unga biriktirilgan mas’ul rahbar
bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Universitet rektori B.Mirzaev va Xorazm viloyati
hokimining o‘rinbosari U.Masharipov tomonidan tasdiqlangan 6 oylik uzluksiz ishlab
chiqarish amaliyoti dasturining mazmun-mohiyati ilmiy maslahatchi B.Matyakubov tomonidan
tushuntirib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda, hududda
amalga oshirilgan irrigatsiya va melioratsiya ishlari ilmiy-texnik jihatdan kuzatuvdan
o‘tkazildi.
Jumladan, tumanning umumiy sug‘oriladigan
maydoni 24 413,5 gektarni tashkil etib, 2026 yilgi mavsumda suv bilan ta’minlanganlik
darajasi talab darajasida bo‘lgani qayd etildi.
“Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash
maqsadida tumanda sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari to‘liq bajarilgani
kuzatildi. Shuningdek, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari 75 foizga
bajarilgan bo‘lib, ularni yil oxirigacha to‘liq yakunlash vazifasi belgilab olindi.
“Oq yop” suv taqsimlash inshootida
o‘rganish ishlari olib borildi. “Oq yop” kanalining
91-piketida joylashgan “Oq yop-serchali”
suv taqsimlash inshooti ko‘zdan kechirilib, soha mutaxassislariga ilmiy-texnik maslahatlar
berildi.
Inshootning asosiy gidravlik ko‘rsatkichlari:
“Oq yop” kanalining suv o‘tkazish qobiliyati: 5.5 m³/s
“Serchali” dahanasining suv o‘tkazish qobiliyati: 1.5 m³/s
Bu kabi bevosita ishlab chiqarish ob’ektlaridagi texnik tahlillar va amaliy
muloqotlar talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini boyitishda muhim poydevor hisoblanadi.
Universitet matbuot xizmati