Asarning badiiy tahlili haqida ochiq dars
05.10.2026
2026 -yilning 5-
oktyabr kuni soat 13:00 da «Toshkent
irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti» Milliy tadqiqot
universitetida Jahon adabiyoti tarixi fanidan pedagogika fanlari doktori, professor
Sh.A.Abdullaeva tomonidan “Viktor Gyugoning “PARIJ NOTR-DAM SOBORI” asarining badiiy tahlili” mavzusida
ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars
“Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan
xorij talabalari uchun tashkil etildi. Ochiq
mashg‘ulotga on-layn tarzda, ekspert sifatida O‘zbekiston milliy
pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, akademik
X.I.Ibragimov, akademik R.H. Djuraev, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy universiteti professori X.J. Xudoyqulov, Nizomiy-Ganjaviy nomidagi
O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining kafedra mudiri, filologiya
fanlari doktori Yu.U Matenova, dotsent N.T.Xamidova, Navoiy davlat universiteti
professori A.X. Raxmanova, dotsent M.G.Aripova, Jizzax davlat universiteti
dotsenti N.Qurbonov, Buxoro davlat universiteti dotsenti G.I.Xalikova, Guliston
davlat universiteti dotsenti F.D.Narmatova, O‘ZDJTU professorlari, pedagogika
fanlari doktorlari L.T.Axmedova, V.I. Narbaevalar kirishdi va ochiq mashg‘ulot
yuqori ilmiy-metodik saviyada tashkil etilganligini va innovatsion
texnologiyalardan foydalanilganligini ta'kidlashdi.
Dars davomida
talabalar jahon adabiyoti
durdonalaridan biri bo‘lmish Viktor Gyugoning «Parij Notr-Dam sobori»
romani haqida ma'lumot olishdi. Asarning mazmuni, g‘oyasi,
asosiy qahramonlari va badiiy xususiyatlarini o‘rgandilar. Darsdagi
asosiy maqsadlardan biri-: insonparvarlik, mehr-oqibat, adolat,
go‘zallikni qadrlash, insonni tashqi ko‘rinishiga qarab emas,
uning ichki dunyosiga qarab baholash kabi fazilatlarni
singdirilishiga erishildi.
Ma'ruzachi asarda insonning tashqi ko‘rinishiga
emas, uning ichki dunyosi va ma'naviy fazilatlariga baho berish,
mehr-muhabbat, insonparvarlik va adolatni ulug‘lash motivlari ustunlik
qilishini ta'kidladi va o‘rta asr jamiyatidagi adolatsizlik, shafqatsizlik
va inson taqdiriga befarqlikni qoralovchi fikrlarni ilgari surdi..
Mashg‘ulot
jarayonida talabalarning mustaqil fikrlashi, asarni tahlil qilishi,
o‘z fikrini erkin va asosli bayon etishi, savollarga ijodiy
yondashishlari hamda nutq madaniyatini rivojlantirishlariga e'tibor
qaratildi. Buning uchun mashg‘ulot mobaynida Breynshtorming, Keys-stadi,
blits-so‘rov metodlariga murojaat etildi.
Talabalar
asarning asosiy g‘oyasini, qaxramonlar ichki dunyosini aks ettiruvchi sahna
ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Talabalarning faorlligi o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantirib borildi.
On-layn va of-layn tarzda dars mashg‘ulotida qatnashgan professor-o‘qituvchilar dars yakunida mashg‘ulotning tashkil qilinishi, uning yuqori ilmiy-pedagogik saviyada o‘tkazilganligini alohida qayd etishdi.