Asarning badiiy tahlili haqida ochiq dars

05.10.2026

#Ta`lim

2026 -yilning 5- oktyabr kuni  soat 13:00 da «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti»  Milliy tadqiqot universitetida Jahon adabiyoti tarixi fanidan  pedagogika fanlari doktori, professor Sh.A.Abdullaeva tomonidan “Viktor Gyugoning “PARIJ NOTR-DAM SOBORI” asarining badiiy tahlili”  mavzusida  ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan xorij talabalari uchun tashkil etildi. Ochiq  mashg‘ulotga on-layn tarzda, ekspert sifatida O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.I.Ibragimov, akademik R.H. Djuraev, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori X.J. Xudoyqulov, Nizomiy-Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori Yu.U Matenova, dotsent N.T.Xamidova, Navoiy davlat universiteti professori A.X. Raxmanova, dotsent M.G.Aripova, Jizzax davlat universiteti dotsenti N.Qurbonov, Buxoro davlat universiteti dotsenti G.I.Xalikova, Guliston davlat universiteti dotsenti F.D.Narmatova, O‘ZDJTU professorlari, pedagogika fanlari doktorlari L.T.Axmedova, V.I. Narbaevalar kirishdi va ochiq mashg‘ulot yuqori ilmiy-metodik saviyada tashkil etilganligini va innovatsion texnologiyalardan foydalanilganligini ta'kidlashdi. 

Dars davomida  talabalar jahon adabiyoti durdonalaridan biri bo‘lmish Viktor Gyugoning «Parij Notr-Dam sobori» romani haqida ma'lumot olishdi. Asarning mazmuni, g‘oyasi, asosiy qahramonlari va badiiy xususiyatlarini o‘rgandilar. Darsdagi asosiy maqsadlardan biri-: insonparvarlik, mehr-oqibat, adolat, go‘zallikni qadrlash, insonni tashqi ko‘rinishiga qarab emas, uning ichki dunyosiga qarab baholash kabi fazilatlarni singdirilishiga erishildi.

Ma'ruzachi asarda insonning tashqi ko‘rinishiga emas, uning ichki dunyosi va ma'naviy fazilatlariga baho berish, mehr-muhabbat, insonparvarlik va adolatni ulug‘lash motivlari ustunlik qilishini ta'kidladi va o‘rta asr jamiyatidagi adolatsizlik, shafqatsizlik va inson taqdiriga befarqlikni qoralovchi fikrlarni ilgari surdi..

Mashg‘ulot jarayonida talabalarning mustaqil fikrlashi, asarni tahlil qilishi, o‘z fikrini erkin va asosli bayon etishi, savollarga ijodiy yondashishlari hamda nutq madaniyatini rivojlantirishlariga e'tibor qaratildi. Buning uchun mashg‘ulot mobaynida Breynshtorming, Keys-stadi, blits-so‘rov metodlariga murojaat etildi.

Talabalar asarning asosiy g‘oyasini, qaxramonlar ichki dunyosini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Talabalarning faorlligi  o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantirib borildi.

On-layn va of-layn tarzda dars mashg‘ulotida qatnashgan professor-o‘qituvchilar dars yakunida mashg‘ulotning tashkil qilinishi, uning yuqori ilmiy-pedagogik saviyada o‘tkazilganligini alohida qayd etishdi.