“Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” ta'lim yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda Amir Temur nomidagi muzeyga tashrif buyurdilar.

05.10.2026

#Ta`lim #Yangilik #Ma`naviy va tashkiliy

TIQXMMI" MTU Iqtisodiyot fakulteti “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Sarimsakova Nargis Kazbekovna “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” ta'lim yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda Amir Temur nomidagi muzeyga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar buyuk ajdodimiz Amir Temurning hayoti va faoliyati, davlat boshqaruvi hamda boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Muzeyda namoyish etilgan tarixiy eksponatlar va qimmatli ma'lumotlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Bunday ma'rifiy tashriflar yosh avlodning milliy tariximizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimizni chuqur anglash va ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz va ularning bebaho merosini kelajak avlodlarga yetkazishga intilamiz!