Kazan 2026: xalqaro e'tirof!

05.10.2026

#Yangilik #Ta`lim

🗓 Qozon shahrida 30-sentabr – 4-oktabr kunlari Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar IV Yoshlar ilmiy kongressi (IV OIC Youth Scientific Congress) bo'lib o'tdi. 🌍🤝

🎓 Unda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot kafedrasi assistenti Karimov Sardor Toshkent shahrining piyoda yurish imkoniyatlari (walkability) bo'yicha tadqiqotini taqdim etdi. 🚶‍♂️🏙📊

🏅 Uning taqdimoti "Arxitektura, dizayn, shaharsozlik" sho'basida eng yaxshi deb topildi va u Qozon Federal Universitetining PhD dasturiga ustuvor qabul uchun tavsiyanoma bilan taqdirlandi. 🎓📜🌟

👏 Ushbu yutuq kafedraning ilmiy salohiyati va yosh tadqiqotchilarni xalqaro maydonga olib chiqish borasidagi ishlarning natijasidir. 💪📚🚀