Energetika fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilari tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
02.10.2026
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati tomonidan 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan respublikamiz energetika tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, energetika sohasining rivojiga o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati va innovatsion tashabbuslari bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan Energetika fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilari tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida ustozlarning ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, energetika sohasi uchun fidoyi, bilimli va malakali yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi xizmatlari, shuningdek, elektr energetikasi tarmog‘ining ilmiy va amaliy rivojiga qaratilgan tashabbuslari alohida e’tirof etildi.
Bunday e’tibor va yuksak ehtirom ustozlarning mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga berilgan munosib baho bo‘lib, ularni yangi ilmiy-ijodiy yutuqlar sari yanada ruhlantiradi.