Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda "korxona – oliygoh – maqsadli kadr" tamoyili joriy etiladi
02.10.2026
"Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–209-son, 29.09.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi. Bunda,
🔹 dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi;
🔹 dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktyabrga qadar amalga oshiriladi.
📝 Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi:
💰 korxona zimmasiga talabaga o‘qish davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘lash;
👨🎓 talabaning zimmasiga bitirgandan so‘ng kamida 2 yil mazkur korxonada ishlab berish majburiyatlari yuklanadi.
❗️Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan ayrim talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi
🔰Farmonga ko‘ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi.
🏗 Muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
👨💼 Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
📅 2027-yil 1-yanvardan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etiladi.
📜 2027/2028 o‘quv yili yakunidan dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi.
🏆 Eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTM va korxonalar reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.
❗️ Dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashda korxonalarning faol ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi
📅 2027-yil 1-yanvardan korxonalarga quyidagi yo‘nalishlarda dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan har bir talaba uchun to‘langan ish haqi xarajatlarining 50 foizi o‘quv yili yakunida subsidiya shaklida qoplanadi:
🔹muhandislik ishi;
🔹ishlab chiqarish va ishlov berish;
🔹arxitektura va qurilish;
🔹qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari.
🏆 Korxonalarga dual ta’lim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" platformasida qo‘shimcha ballar beriladi.
💰 Korxonalar tomonidan OTM hududida dual ta’lim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari uchun bojxona boji stavkasi 2030-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi.
📊 Dual ta’lim dasturi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun korxonalar tomonidan xarid qilingan o‘quv uskunalari va jihozlarga nisbatan 3 yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llash huquqi beriladi.