Fakultetimiz vakili — “o‘z kasbining fidoyisi” esdalik nishoni sohibi!
02.10.2026
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti jamoasi uchun yana bir quvonchli yangilik!
“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi
dotsenti Alijonov Djapbar ilmiy va
kasbiy faoliyatdagi samarali mehnati, o‘z kasbiga yuksak sadoqati hamda
fidoyiligi uchun “O‘Z KASBINING FIDOYISI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)
miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlov doirasida taqdim
etilgan bo‘lib, g‘olibga esdalik nishoni, guvohnoma va sertifikat topshirildi.
Ushbu munosib e’tirof bilan Alijonov Djapbarni samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va yanada yuksak marralarni tilaymiz.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar
bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
A.Borotov Axboroti
Universitet matbuot xizmati