“Akademik harakatchanlik” dasturi g‘olibi
02.10.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Metrologiya va muhandislik loyihalash” kafedrasi assistenti Suyunov Sardor G‘ayrat o‘g‘li Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori asosida tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturning 2026-yil 2-choragi tanlov bosqichida g‘olib bo‘lib, vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida o‘z loyihasini amalga oshirib 80 mln pul mablag‘i qo‘lga kiritdi.
Kelajak muhandislari Respublika tanlovining Eng yaxshi g‘oya
yo‘nalishida Avitsenna nomli “Plant AI asosidagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari
uchun differensial mikro-purkash texnologiyasiga asoslangan aqlli agrorobot
platformasi” bilan ishtirok etib, Final bosqichining eng kuchli 10 taligiga
qabul qilindi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov Axboroti
Universitet matbuot xizmati