1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
02.10.2026
Tadbirda universitet rektori Bahodir Mirzaev professor-o‘qituvchilar, murabbiylar va universitet jamoasini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Rektor o‘z tabrik nutqida ustoz va murabbiylarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan rivoji hamda universitet taraqqiyotidagi alohida o‘rnini ta’kidlab, ularning fidokorona mehnati yuksak qadrlanishini qayd etdi.
Tadbir davomida universitetda samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar mehnati munosib e’tirof etilib, turli tashkilotlarning ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Xususan:
12 nafar — «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni;
• 30 nafar — universitet ko‘krak nishoni;
• 12 nafar — O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan sovg‘alar;
• 1 nafar — Toshkent shahar hokimi tashakkurnomasi;
• 39 nafar — universitet faxriy yorlig‘i.
Tantanali tadbir universitet jamoasining ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak hurmati, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatiga ehtirom ifodasi bo‘ldi.
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz!