Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat
02.10.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va yuksak tantanavor ruhda o‘tkazildi.
Bayram tadbirining badiiy qismi o‘zining rang-barangligi, mazmunan boyligi va yuqori saviyasi bilan ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda ijodiy chiqishlar orqali yorqin ifoda etildi.
Sahnada yangragan dilbar kuy-qo‘shiqlar, jo'shqin raqslar bayramga o‘zgacha fayz va tarovat bag‘ishladi. Har bir ijodiy chiqish ustozlik kasbining sharafi, murabbiylik mas’uliyati va ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnatga bo‘lgan yuksak ehtiromning yorqin badiiy ifodasiga aylandi.
Ayniqsa, ustozlarga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar va ijodiy chiqishlar tadbir ishtirokchilarida ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, bayramona muhitni yanada jonlantirdi. Ijodkorlarning mahoratli va jo‘shqin chiqishlari tomoshabinlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.
Bayramning badiiy qismi — qalblarga quvonch, dillarga iliqlik va ustozlarga cheksiz ehtirom tuyg‘usini baxsh etgan unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Zero, ustozga ehtirom — kelajakka ehtiromdir! “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazilgan ushbu bayram tadbiri ana shu yuksak qadriyatni o‘zida mujassam etib, universitet jamoasiga ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tuyg‘ular va unutilmas taassurotlar ulashdi.