Ustoz va murabbiylarga ehtirom
02.10.2026
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan bayram tadbirida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Begmatov Xusan Egamkulovich hamda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi raisi Usmanova Nargiza Abdurashidovna ishtirok etdi.
Mehmonlar universitet professor-o‘qituvchilarini 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, yosh avlodga sifatli ta’lim va munosib tarbiya berish, ularning kelajagi uchun mas’uliyat bilan mehnat qilishdek sharafli vazifani sidqidildan ado etib kelayotgan barcha ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnati, boy tajribasi va ezgu sa’y-harakatlari yuksak ehtiromga loyiq ekanini ta’kidladilar.
Shuningdek, bayram munosabati bilan O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilariga Kengash raisining tabriknomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.