Ilm-fan va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga transfer qilishga bag‘ishlangan dala seminari o‘tkazildi.

28.09.2026

#Rektordan #Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2026 yil dagi PQ–122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida 25 sentyabr kuni Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida ilm-fan va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga transfer qilishga bag‘ishlangan dala seminari o‘tkazildi.

Seminarda viloyat hokimligi, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, fermerlar, klaster va yer egalari xodimlari hamda xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Seminar doirasida universitet olimlarining qishloq va suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar bo‘yicha taqdimotlari hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va innovatsion yechimlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.