O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-sonli qarorida belgilangan “Texnikum — oliygoh” tamoyilini amaliyotga keng joriy etish ishlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida izchil davom etmoqda.
28.09.2026
24 sentyabr kuni universitet rektori Bahodir Mirzaev va “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri Rustam Baratov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 3-son Politexnikum talabalari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda universitetdagi ta’lim imkoniyatlari, so‘nggi yangiliklar, xalqaro hamkorlik va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, Janubiy Koreyaning Keimyung College University bilan amalga oshirilayotgan LUPIC xalqaro loyihasi doirasida “Mexatronika va robototexnika” sohasida kadrlar tayyorlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida loyiha doirasida ta’limning bir qismini universitetda tashkil etish, texnikum yoshlarini ushbu jarayonga keng jalb qilish hamda kelgusida ta’limni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.