Xalqaro ta’lim ko‘rgazma-yarmarkasida talabalar ishtiroki
25.09.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining "Tillar" kafedrasining professor-o‘qituvchilari va “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) ta'lim yo‘nalishi talabalari O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi tomonidan 2026 yil 25-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) filialida tashkil etilgan xalqaro ta’lim ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etishdi.
Ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etishdan asosiy maqsad- talabalarning til ko‘nikmalari va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, yetakchi oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim olish imkoniyatlari, mavjud ta’lim dasturlari va akademik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.