Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi: OOO “Damira Beverages Enterprise” MChJ bilan hamkorlik rivojlantirilmoqda
25.09.2026
Joriy yilning 24-sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari OOO “Damira Beverages Enterprise” MChJga tashrif buyurdilar.
Ushbu amaliy tashrif universitet va korxona o ʻrtasida imzolanayotgan oʻzaro hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etildi. Bosh maqsad - taʼlim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, talabalarning ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini samarali yoʻlga qoʻyishdan iborat. Tashrif davomida, korxonaning zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish jarayonlari atroflicha oʻrganildi, talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarish muhitiga moslashtirish masalalari muhokama qilindi, korxonaning yetakchi mutaxassislarini oʻquv jarayoniga jalb etish hamda ishlab chiqarishdagi ilgʻor texnologik yechimlarni taʼlimga tatbiq etish boʻyicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirish va talabalar uchun amaliy taʼlim imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishdilar.
“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti X.Xasanova Axboroti
Universitet matbuot xizmati