«Xitoy–Markaziy Osiyo energetika meteorologiyasi qo‘shma laboratoriyasi»ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
25.09.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xitoyning “Lanzhou University” va “State Grid Gansu Electric Power Company” vakillari bilan «Xitoy–Markaziy Osiyo energetika meteorologiyasi qo‘shma laboratoriyasi»ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida qo‘shma laboratoriyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, kosmos–atmosfera–er integratsiyalashgan monitoring tizimini yaratish, qo‘shma energetika sinov stansiyasini tashkil etish, ekstremal ob-havo hodisalarining energetika tizimiga ta’sirini o‘rganish, bo‘yicha namunaviy loyihalarni amalga oshirish hamda soha uchun kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Xitoyning Gansu provinsiyasidagi iqlimiy o‘xshashliklar, xususan, yuqori quyosh radiatsiyasi va chang bo‘ronlari sharoitida qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish uchun aniq meteorologik kuzatuv va prognozlash tizimlarining ahamiyatini ta’kidladilar.
Shuningdek, Lanzhou University tomonidan O‘zbekistonda, jumladan, Toshkent va Buxoro hududlarida kuzatuv stansiyalari o‘rnatilgani hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 27 nafar talaba tayyorlangani, State Grid Gansu tomonidan esa energetika-meteorologiya monitoringi va quvvatni prognozlash tizimlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida uch tomonlama hamkorlik shartnomasini tayyorlash, O‘zbekiston tomonidan rasmiy qo‘llab-quvvatlash, birinchi kuzatuv stansiyasi joylashuvini belgilash hamda qo‘shma laboratoriyani ishga tushirish bo‘yicha yo‘l xaritasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.