TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakulteti talabasi Shoxijaxon Ziyodullayev Slovakiya Respublikasining National Scholarship Programme (NSP) xalqaro stipendiya dasturi g‘olibi bo‘ldi.
25.09.2026
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakulteti talabasi Shoxijaxon Ziyodullayev Slovakiya Respublikasining National Scholarship Programme (NSP) xalqaro stipendiya dasturi g‘olibi bo‘ldi. U 2026-yil 21-sentabrdan 2027-yil 12-fevralga qadar Slovakiyaning nufuzli Žilina universitetida akademik almashinuv dasturi asosida tahsil oladi.
Akademik almashinuv davomida talaba Elektr va axborot texnologiyalari fakultetida zamonaviy energetika, elektrotexnika va qayta tiklanuvchi energiya yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirib, xalqaro tajriba orttiradi.
Žilina universitetida talabaning dastlabki uchrashuvi koordinator Silvia Pirníková bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘quv jarayoni, tanlangan fanlar hamda akademik almashinuvning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro akademik almashinuv xalqaro tajriba orttirish hamda zamonaviy energetika sohasida kelgusidagi faoliyati uchun muhim imkoniyat yaratadi.