“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamda Xitoyning “Changchun University of Technology” (CCUT) universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

24.09.2026

#Rektordan #Ta`lim

Uchrashuvda "Fanlararo xalqaro ilg‘or texnologiyalar" fakultetining tashkiliy va boshqaruv tuzilmasini shakllantirish va ikki tomonlama akademik almashinuvni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va istiqbolli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Statistika, Elektr muhandisligi va avtomatlashtirish yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchilarning Xitoyda dars berishi hamda o‘zaro tajriba almashishi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, “Changchun University of Technology” (CCUT) tomonidan universitetda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bakalavriat:

• Materialshunoslik;

• Mexatronika va robototexnika;

• Mexanika;

• Dasturiy injiniring.

Magistratura:

• Elektrotexnika;

• Avtomatlashtirish va boshqaruv;

• Aerokosmik texnologiyalar;

• Intellektual tizimlar;

• Sun’iy intellekt;

• MBA — biznesni boshqarish.

Doktorantura (PhD):

• Matematik tizimlar;

• Boshqaruv uchun matematik qurilmalar;

• Avtomatlashtirish (TJAB);

• Raqamli texnologiyalar;

• Qishloq xo‘jaligida iqtisodiyot.

Mazkur hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda xalqaro talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.