“English Day” — xotiralar, taassurotlar va yangi hikoyalar

22.09.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

2026-yil 22-sentabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan “English Day” tadbiri tashkil etildi. 

"Summer Vibes & Memories" mavzusida, "Share memories, Learn new stories" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Ahadova Nilufar va Ergasheva Nasiba mas'ul oʻqituvchilar hamda 239-guruh talabalari faol ishtirok etdilar. 

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni yangi o'quv yiliga ijobiy ruhda jalb etish, ingliz tilida erkin muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish hamda yozgi ta'til davomida orttirilgan taassurot va xotiralarni ingliz tilida baham koʻrish uchun qulay kommunikativ muhit yaratishdan iborat boʻldi. 

Mazkur tadbir talabalarning ingliz tilida erkin muloqot qilishiga, o'z fikrlarini ijodiy ifodalashiga va bir-birining hayotiy tajribalarini o'rganishiga xizmat qildi.

 “Ingliz tili” kafedrasi axboroti 

Universitet matbuot xizmati