"Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt” kafedrasi
“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi 2023-yilning fevral oyida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida olib bormoqda. Kafedrani tashkil etilishidan boshlab, uni boshqarish mas’uliyati Mamatov Narzullo Solijonovich zimmasiga yuklatilgan.
U tajribali rahbar va sohaning yetuk mutaxassislaridan biri sifatida kafedraning muvaffaqiyatli rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada 4 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan: 3 nafari professor, 4 nafari PhD dotsent va 6 nafari assistent o‘qituvchilardir.
“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedra a’zolari nafaqat ta’lim berish, balki ilmiy izlanishlar olib borish, zamonaviy muammolarni o‘rganish va innovatsion yechimlar taklif qilish bilan ham shug‘ullanmoqda. Hozirda kafedrada jami 302 nafar bakalavr talabalari bo‘lib, ulardan 89 nafari xalqaro va 213 nafari mahalliy talabalardir. Shuningdek kafedrada 3 nafar fan doktori, 4 nafar falsafa doktori(PhD) va 6 nafar asisstent o‘qituvchilar pedagogik ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 40 yoshni tashkil etadi. Kafedrada ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor – o‘qituvchilar 60 foizni tashkil qilib, ularning o‘rtacha yoshi 43 yoshni tashkil etadi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi, Innovatsion ta’lim va texnologiyalar markazi sifatida, innovatsion ta’lim, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish markazi sifatida qishloq va suv xo‘jaligidagi texnika va texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin egallaydi. Kafedra nafaqat raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, balki axborot texnologiyalari va intellektual tizimlarni sohalararo qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi. Jumladan, “Sun’iy intellekt” hamda “Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq va suv xo‘jaligida)” kabi istiqbolli ta’lim yo‘nalishlari doirasida zamonaviy bilimlarga ega kadrlar tayyorlanmoqda.
Bugungi kunda “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi o‘zining ilg‘or ta’lim dasturlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy tadqiqot faoliyati orqali nafaqat universitet, balki respublika miqyosida ham nufuzli o‘quv va ilmiy markaz sifatida tan olingan. Shu bilan birga, kafedramiz xalqaro miqyosda zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi 2023-yilning fevral oyida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan. Kafedra zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, u universitetning eng yangi va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedraning birinchi rahbari texnika fanlari doktori, professor Mamatov Narzullo Solijonovich bo‘lib, u tashkil etilgan kundan buyon bugungi kungacha kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida kafedra zamonaviy ilm-fan, innovatsion texnologiyalar va ta’limni uyg‘unlashtirish orqali qisqa muddat ichida o‘z o‘rnini mustahkamlay oldi.
Kafedra tashkil etilganidan buyon, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning qishloq va suv xo‘jaligidagi amaliy qo‘llanilishi, IoT (Internet of Things) tizimlarini rivojlantirish, ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borib, talabalarga sifatli ta’lim berish bo‘yicha katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Bugungi kunda kafedra zamonaviy innovatsion dasturlar va axborot texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi sohalariga integratsiya qilish, sun’iy intellekt algoritmlari asosida yechimlar ishlab chiqish hamda raqamli transformatsiyani jadallashtirish bo‘yicha yetakchi markazlardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.
“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi, Ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda yetakchi yo‘nalishlar.
“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rgangan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ta’lim dasturlarini taklif etadi. Kafedra quyidagi yo‘nalishlar va darajalar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi:
Bakalavriat darajasi: “Dasturiy injiniring” va “Sun’iy intellekt” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ushbu yo‘nalishlar doirasida dasturlash, intellektual tizimlarni yaratish, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqarish texnologiyalari o‘rgatiladi.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
05.01.01 –Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari
05.01.04-Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari bo’yicha )
05.01.11 -Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
Tayanch doktorantura:
05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” ixtisosligi bo‘yicha texnologik jarayonlarni modellashtirish va boshqarish sohasida ilmiy izlanish olib borishni istaganlar uchun.
05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha algoritmik asoslar va informatikaga oid tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar.
05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha innovatsion yechimlar ishlab chiqishga qiziquvchilar uchun.
Doktorantura:
05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” va 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosliklari bo‘yicha ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yuqori darajadagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Kafedramiz ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va ilmiy yondashuvlardan foydalangan holda zamonaviy raqamli yechimlar va intellektual tizimlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratadi. Talabalar va tadqiqotchilar uchun qo‘shimcha o‘quv kurslari, ilmiy seminarlar va xalqaro tajriba almashish dasturlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalari xalqaro standartlarga mos ravishda bilim va ko‘nikmalarini oshirishga intilmoqda. Shu maqsadda, kafedrada muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar, seminarlar va tajriba almashish dasturlari tashkil etilib, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda kafedramiz ilm-fan, ta’lim va innovatsion texnologiyalarni birlashtirgan holda, davlatimizning raqamli transformatsiyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari (fundamental, amaliy va innovatsiya grantlar).
2023-yil 18-iyulda tuzilgan 046/2023-sonli - “Imkoniyati cheklanganlar uchun turli tillardagi nutqni matnga o’tkazish “RecSpeech_uz” platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi Davlat grant loyihasi (loyiha rahbari: t.f.d., professor N.S.Mamatov 2023-2024 yy. Loyihaning umumiy summasi: 1 mlrd 277 mln.so‘m). 2024 yil uchun: 63 mln.so‘m.
Loyiha doirasida bajarilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari. - nutqni tanib olishning zamonaviy texnologiyalari o‘rganilib, tadqiq etilgan;
• turli tillardagi nutqni avtomatik tanib olish tizimini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan va xususiyatlari aniqlangan;
• nutqni avtomatik tanib olish hamda sintezlash arxitekturalari va yondashuvlari tahlil etilgan va yaratiladigan tizim uchun mos arxitektura va yondashuv tanlab olingan;
• nutqga dastlabki ishlov berish zamonaviy usul va algoritmlari tahlili asosida maqbul usullar tanlangan va dasturiy modullari ishlab chiqilgan;
• til modelini shakllantirish uchun yondashuvlar ishlab chiqilgan;
• nutqni tanib olish va sintezlashda foydalaniladigan samarali neyron tarmoqlar tahlil asosida tanib olish va sintezlashning neyron tarmoqli modeli ishlab chiqilgan;
• turli tillardagi nutqni matnga o‘tkazish va sintezlash uchun dastur va veb-ilova ishlab chiqilgan hamda tajribaviy sinovlardan o‘tkazilgan;
- “Rentgenografik tasvirlarga
dastlabki ishlov berish algoritmlari” mavzusida monografiya chop qilingan
(2024 y., - 146 b.);
- “Shaxsni ovozi asosida
biometrik identifikatsiyalash algoritmlari” mavzusida monografiya chop
qilingan (2024 y., - 110 b.);
- “Shaxsni ovozi asosida
identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash algoritmlari hamda dasturiy
ta’minotini ishlab chiqish” mavzusida monografiya chop qilingan (2024 y., -
134 b.);
- 05.01.03-“Informatikaning nazariy
asoslari” ixtisosligi bo‘yicha loyiha ishtirokchisi, tayanch doktorant Jalelova
Malika Moyatdin qizi tomonidan “Rentgenografik tasvirlarga dastlabki ishlov
berish algoritmlari” mavzusida PhD dissertatsiya ishi tayyorlandi.
- 05.01.03-“Informatikaning nazariy
asoslari” ixtisosligi bo‘yicha izlanuvchi Erejepov Keulimjay Kaymatdinovich
tomonidan “Kirish-chiqish nazorat tizimlari uchun shaxsni yuz tasviri asosida
identifikatsiyalash algoritmlari” mavzusida PhD dissertatsiya ishi tayyorlandi.
- 05.01.03 – “Informatikaning
nazariy asoslari”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter
tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” qoʻshma ixtisosligida bo‘yicha
loyiha ishtirokchisi, tayanch doktorant Dusanov Xurshid Toshpulotovich
tomonidan “Shaxsni ovozi asosida identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash
algoritmlari hamda dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” mavzusida PhD
dissertatsiya ishi tayyorlandi.
Tadqiqotlar asosida yakuniy, 3-va
4-bosqichda jami 39 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, shulardan: 6 ta mahalliy,
3 ta xalqaro jurnallarda va 20 ta ilmiy maqolalar Scopus nashriyot
to‘plamlarida chop etilgan, 10 ta tezislar respublika va xalqaro ilmiy-amaliy
anjumanlarida chop etilgan. 3 ta monografiya chop etilgan.
Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan
integratsiyasi (korporativ hamkorlikda olingan natijalar, ishlab chiqarishga
joriy etish)
Kafedrada 20 ta tashkilot, jumladan “Farg’ona viloyat
IIB ekspert kreminalistika markazi”, TATUFF Farg‘ona filiali, Farg’ona viloyati
Furqat tumani davlar arxivi, Farg’ona viloyati Davlat arxivi, Quva tumani Davlat arxivi, Namangan viloyati
Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasi, Namangan viloyati SSB, Farg’ona viloyati
Buvayda tumani tibbiyot birlashmasi, Berdaq nomidagi Qoraqolpoq Davlat
universiteti, “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” Namangan filiali. Namangan
shaxri, “NEXTGEN ACADEMY” MCHJ. Toshkent shaxar innovatsion hamkorlik borasida
shartnomalar mavjud. Unga ko‘ra 5 innovatsion guruhlar mavjud bo‘lib, unda 4
nafar professor-o‘qituvchilar, 12 nafar korxona vakillari, 3 nafar katta ilmiy
xodim izlanuvchilar, va 7 nafar iqtidorli talabalar faoliyat olib borishadi.
Hamkor tashkilotlarning ilmiy texnologik muammolari bo‘yicha 8 ta kurs ishi, 2
ta doktorlik dissertatsiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar.
Kafedra MIСSvaS fan va texnologiyalar universiteti va Xoji Axmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) bilan xamkorlikni yo’lga qo’ygan. Bugungi kunda kvant hisoblash va kvant texnologiyalar eng tez rivojlanib kelayotgan hamda Respublikamizdagi rivojlanish talab qilayotgan yangi sohalardan biri hisoblanadi. Butun dunyo bo’ylab kvant hisoblash va kvant texnologiyalar sohasidagi yutuqlar va kashfiyotlar global ilmiy jamoatchilik va texnologik kompaniyalar uchun o‘ta dolzarb mavzuga aylandi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va katta ma’lumotlar (Big Data), sun’iy intellekt (AI) kabi sohalarning o‘sishi tufayli hisoblash quvvatiga bo‘lgan talab tobora oshib bormoqda. An’anaviy kompyuterlar bu talabni qondirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shu sababli, kvant hisoblash texnologiyalari raqamli hisoblash muammolarini yangi darajaga olib chiqish va katta miqdordagi ma’lumotlarni tezkor va samarali tarzda qayta ishlash imkoniyatini yaratadi.
Natijalarning
qisqacha tasnifi:
• Kvant optikalar
va kvant texnologiyalar Xalqaro markaziga tashrif hamda ularning faoliyatini,
kvant texnologiyalar sohasidagi yutuqlarini, me’yoriy huquqiy hujjatlarini
o‘rganish ishlari va natijalari;
• “MISiS”
universitetiga tashrif hamda ularning faoliyatini, kvant texnologiyalar
sohasidagi yutuqlarini, me’yoriy huquqiy hujjatlarini o‘rganish ishlari va
natijalari;
• Kelgusida o‘zaro manfaatli bo‘lgan xamkorlikka asos
bo‘luvchi xujjatlar, o‘quv adabiyotlari va loyixa takliflari ustida olib
borilgan ishlar;
Moskva Kvant optikalar va kvant texnologiyalar Xalqaro markaziga tashrif:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida universitetda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi a’zolari N.Mamatov, M.Jalelova, B.Turg‘unov, N.Turg‘unova va A.Samijonovlar tajriba almashish va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Kvant optikalar va kvant texnologiyalar Xalqaro markazi” va “MISiS” fan va texnologiyalar universitetiga xizmat safari amalga oshirildi.
Mavjud Ixtisoslashgan kengash va ilmiy seminarlarning
faoliyati
OAKning 2020 yil 26 maydagi 13-sonli TIQXMMI
huzuridagi texnika fanlari doktori ilmiy darajasini beruvchi
DSc.03/26.05.2022.T.10.05 raqamli 05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni
qayta ishlash; 05.01.03 - Informatikaning nazariy asoslari; 05.01.08-
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
05.01.11- Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt Ilmiy kengashi faoliyat
yuritmoqda. Kengash raisi t.f.d., professor N.Mamatov.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining, Scopus, Web of
Science, OAK etirof etgan jurnallar va konferensiyalardagi ilmiy ishlari.
1. Маматов Н.С., Ниёзматова Н.А.., Жалелова М.М., Самижонов А.Н., Methods for improving contrast of agricultural
images, E3S Web of Conferences 401, 04020 (2023) CONMECHYDRO - 2023,
2. Маматов Н.С., Дадаханов М.., Жалелова М.М., Самижонов Б.Н., X-ray image contrast estimation and enhancement
algorithms, AIP Conf. Proc. 3147, 040014 (2024),
3. Маматов Н.С., Ниёзматова Н.А.., Жалелова М.М., Самижонов А.Н., Methods for increasing the contrast of drone
agricultural images, AIP Conf. Proc. 3147, 040015 (2024),
4. Маматов Н.С., Жалелова М.М., Самижонов А.Н., Самижонов Б.Н, Algorithms for contour detection in agricultural
images, E3S Web of Conferences 486, 03017 (2024),
5. Маматов Н.С., Жалелова М.М., Самижонов А.Н., Самижонов Б.Н, Algorithm for extracting contours of agricultural
crops images, ITM Web of Conferences 59, 03015 (2024),
6. Маматов Н.С., Жалелова М.М., Самижонов А.Н., Самижонов Б.Н, Algorithm for improving the quality of mixed noisy
images, APITECH-V-2023 Journal of Physics: Conference Series,
7. Мухамадиева Д.Т., Сафарова Л.У., Мавлянов М.Т, Environmental protection in the farming system, E3S
Web of Conferences 480, 02018 (2024),
8. Dildora
Muhamediyeva, Ortiq Ruzibayev, Nilufar Mirzaeva, Sanjar Ibroximov, Qualitative
properties of the task of biological population task with double nonlinear
diffusion, AIP Conf. Proc. 3147, 040011 (2024),
9. Dildora
Muhamediyeva, Nilufar Mirzaeva, Elmurod Kodirov, Boymirzo Samijonov, Solution of
cross-diffusion reaction-diffusion model with double nonlinearity, AIP Conf.
Proc. 3147, 040013 (2024),
10. Dilshod
Bekmuratov, Mukhammadjon Akhrorov, Construction of decision rules for pattern
recognition in the event of erroneous division of classes of the training
sample, AIP Conf. Proc. 3147, 040016 (2024),
11. Dilnoz
Muhamediyeva ; Abdurashid Samijonov; Shakhzodbek Bakhtiyorov; Kamal Alimbaev, Fuzzy
logic model of assessment soil salinatization, AIP Conf. Proc. 3147, 040008
(2024),
12. Dilnoz
Muhamediyeva, Abdurashid Samijonov, Kamal Alimbaev, Shakhzodbek Bakhtiyorov,
Forecasting the market needs for medicines based on artificial intelligence technologies,
AIP Conf. Proc. 3147, 040009 (2024),
13. Dilnoz
Muhamediyeva, Usmon Khasanov, Voxid
Fayziyev, Olimjon Jamalov, Solving the problem of multi-objective optimization
based on a fuzzy logic model, AIP Conf. Proc. 3147, 040010 (2024),
14. D.
T. Muxamediyeva, N. A. Niyozmatova, R. A. Sobirov, B. N. Samijonov, E. Kh.
Khamidov, Approaches to Solving Problems of Markov Modeling Training in Speech
Recognition, F. P. García Márquez et al. (Eds.): ICETAI 2023, LNNS 960, pp.
344–357, 2024.,
15. D.
T. Mukhamedieva1(B) , R. A. Sobirov1 , N. M. Turgunova1 , and B. N. Samijonov2,
Quantum Fourier Transform in Image Processing, Communications in Computer and Information
Science ((CCIS,volume 2112)),
16. D.
T. Mukhamedieva & L. U. Safarova, Diagnostics of Animals Diseases Based on
the Principles of Neutrosophic Sets and Sugeno Fuzzy Inference,
Information Technologies and Intelligent Decision
Making Systems,
17. D
T Mukhamedieva, R A Sobirov, Application of quantum computing in image
processing for recognition of infectious diseases of wheat, BIO Web of
Conferences 95, 01003 (2024),
18. D.
T. Mukhamedieva & L. U. Safarova, Genetic Algorithm for Complex Optimization
of Power System Mode, III International Scientic and Practical Symposium
“Materials Science and Technology” ,
19. D. T. Mukhamedieva & L. U. Safarova,
Intelligent Technologies in the Electric Power Industry, III International
Scientic and Practical Symposium “Materials Science and Technology”,
20. D.
T. Mukhamedieva, Khudarberdiyev A.N., Abdurazzaqov J.R , Problem of devoloping
a decentralized system based on blockchain technology, Artificial intelligence
blockchain, computing, and security volume 1,
21. D
T Mukhamedieva, Innovative quantum technologies in agriculture for assessing
land fertility, E3S Web of Conferences 494, 04026 (2024),
22. D
T Mukhamedieva, R A Sobirov, Application of quantum technology Variational
Quantum Classifier in agriculture for classification of wheat varieties, E3S
Web of Conferences 494, 04024 (2024),
23. Davron
Ziyadullaev, Dilnoz Muhamediyeva, Khosiyat Khujamkulova, Doniyor Abdurakhimov,
Azizahon Maksumkhanova, Gulchiroy Ziyodullaeva, Ensemble data mining methods
for assessing soil fertility, E3S Web of Conferences 494, 02013 (2024),
24. Manzura
Inoyatova, Davron Ziyadullaev, Dilnoz Muhamediyeva, Sharofiddin Aynaqulov,
Sholpan Ziyaeva, Data mining for assessing soil fertility, E3S Web of
Conferences 494, 02012 (2024),
25. D
T Mukhamedieva, M H Raupova, Model of biodiversity and plant sustainability
based on quantum variational optimization, E3S Web of Conferences 498, 02007
(2024),
26. D
T Mukhamedieva, M H Raupova, Model for forest ecosystems based on quantum
optimization, E3S Web of Conferences 498, 02006 (2024),
27. D. T. Muhamediyeva, L. U. Safarova, S. X.
Eshankulov, Utilizing ensemble learning methods for the classification of
forest cover types, Third International Conference on Optics, Computer
Applications, and Materials Science,
28. E.
Rustamova, D. T. Muhamediyeva, L. U. Safarova, Development and management of
product knowledge base, Third International Conference on Optics, Computer
Applications, and Materials Science,
29. D. T. Muhamediyeva, L. U. Safarova, S. S.
Nabiyeva, Solving the
problem of classifying forest cover types based on soil characteristics, Third
International Conference on Optics, Computer Applications, and Materials
Science ,
30. D
T Muhamediyeva, L U Safarova, D I Umarov, Application of a genetic algorithm in
solving problems of environmental protection in agroindustrial production, E3S
Web of Conferences 480, 03021 (2024),
31. N.
S. Mamatov, K. M. Jalelov, B. N. Samijonov, A. N. Samijonov, A. D. Madaminjonov , Formation of a Speech
Database in the Karakalpak Language for Speech Synthesis Systems,
Emerging Trends and Applications in Artificial
Intelligence,
32. Mirzaev
N., Radjabov S., Nurmukhamedov T., Parsiyev G., Mirzaeva G., Algorithms for
plant disease diagnostics by leaf image, International Scientific Forestry
Forum on Forest Ecosystems as Global Resource of the Biosphere,
33. Rabbimov
Ilyos, Mirzaeva Gulmira, Radjabov Sobirjon, Mirzaev Olimjon, Fazilov Shavkat, Construction of a recognition
algorithm based on the assessment of the interdependence between local elements
of the face image, 7th Information Systems International Conference, ISICO,
34. Mirzaev
Olimjon, Radjabov Sobirjon, Mirzaev Nomaz, Rabbimov Ilyos, Baratov Jasur,
Construction of statistical recognition algorithms based on two-dimensional
threshold functions, 7th Information Systems International Conference, ISICO,
35. Meliev
Farkhod, Akimishev Galymzhan, Radjabov Sobirjon, Mirzaev Olimjon, Fazilov
Shavkat, Family of recognition algorithms based on the selection of
two-dimensional representative pseudo-objects in the training set, 7th
Information Systems International Conference, ISICO,
36. Opanasenko
V.M., Fazilov, Sh.Kh., Radjabov S.S., Kakharov, Sh.S., Multilevel Face
Recognition System, Cybernetics and Systems Analysis,
37. D
T Muhamediyeva1, and L U Safarova1*, Model of interaction between
different populations of organisms for the conservation of biodiversity, BIO
Web of Conferences 126, 01015 (2024), AEEA2024 ,
38. Donaxon
Olimboyeva1, Davron Ziyadullaev2,*, Dilnoz Mukhamedieva2, Khosiyat
Khujamkulova2, Mukhammadyahyo Teshaboyev3, and Gulchiroy Ziyodullaeva4, Solving
diabetes diagnosis problems using machine learning, BIO Web of Conferences 121,
01003 (2024) GLSBIA 2024,
39. Davron
Ziyadullaev1,*, Dilnoz Muhamediyeva1, Komil Madazimov2, Madamin Madazimov2,
Pulat Temirov2, and Dilmurod Abdukadirov2, Application of ensemble machine
learning methods for diabetes diagnosis, BIO Web of Conferences 121, 01002
(2024) GLSBIA 2024,
40. D
T Muhamediyeva1, L U Safarova1*, and D Yusupova1, Mathematical model for
conservation of biological diversity, BIO Web of Conferences 126, 01003
(2024) AEEA2024,
41. Маматов Н.С., Иброхимов С.Р., Самижонов Б.Н, Method of ordering the objects of the higher
education system, Темир йўл транспорти: долзарб масалалар ва инновациялар,
42. Тоиров Ш.А., И.M.Бойназаров, Grover usuliga asoslangan kvant algoritm bilan
optimallashtirish, International Journal of Theoretical and Applied Issues of
Digital Technologies. Vol. 5 No. 3
(2023) pp. 67-75,
43. Маматов Н.С., Иброхимов С.Р., Самижонов Б.Н, PROSPECTS AND IMPLICATIONS OF ARTIFICIAL
INTELLIGENCE IN HIGHER EDUCATION, Norwegian Journal of development of the
International Science №129,
44. Маматов Н.С., Иброхимов С.Р., Самижонов А.Н, ТАЛАБАНИНГ АКАДЕМИК ФАОЛИЯТИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШДА СУНЬИЙ ИНТЕЛЛЕКТНИНГ ЎРНИ, EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH,
45. Маматов Н.С., Хамидов Э.С., Нажмиддинов А.С, PALM IMAGE DATABASES AND THEIR COMPARATIVE ANALYSIS,
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH,
46. Маматов Н.С., Ережепов К.К., Нарзуллаев И.С., Жалелова М.М., ТАСВИР КОНТУР ЧИЗИҚЛАРИНИ ИНГИЧКАЛАШТИРИШНИНГ БИДИАГОНАЛ АЛГОРИТМИ, EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH,
47. Тоиров Ш.А., DESIGN OF GROVER'S QUANTUM SEARCH ALGORITHM FOR
2-KBIT STATES, UNIVERSUM: технические науки,
48. Файзиев В.О., Асраев М.А., Турақулова Ш.А., Эрматова З.Қ., Tibbiy tasvirlar ichida alohida qiziqish
hududlarini (Region of interest–ROI) avtomatik aniqlash va izolyatsiya qilish,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari”
elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil,
49. Файзиев В.О., Асраев М.А., Курбанов А.А., YUZ IFODASINI ANIQLASH MODELLARINI
OPTIMALLASHTIRISH: GRADIENTNI OSHIRISH VA UNING GIPERPARAMETRLARNI SOZLASH VA
MUNTAZAMLASHTIRISH (REGULARIZATSIYA)DAGI AHAMIYATI, Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi TATU Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali
ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil,
50. Н.С.Маматов, М.М.Жалелова, К.К.Ережепов, ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИ КОНТУРЛАРИНИ АЖРАТИШ АЛГОРИТМЛАРИ, “YONG‘IN-PORTLASH XAVFSIZLIGI” ILMIY-AMALIY ELEKTRON
JURNAL,
51. Маматов Н.С., Иброхимов С.Р., Самижонов А.Н, method of monitoring the academic activity of
student with the help of artificial intelligence , Темир йўл транспорти: долзарб масалалар ва инновациялар,
52. D.T.
Muhamediyeva A.N. Khudoyberdiev, Problems of improving transactions on the
blockchain, MATRIX Academic International Online Journal of Engineering and
Technology Volume VI Issue I, ISSN:2348-3326,
53. Маматов Н.С., Самижонов А.С.,Самижонов Б.С, К.К.Ережепов, Нарзуллаев И., ALGORITHM FOR SELECTING A SET OF INFORMATIVE
FEATURES IN BIOMETRIC SYSTEMS BASED ON FACE IMAGE, EURASIAN JOURNAL OF
MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES,
54. Маматов Н.С., Самижонов А.С., К.К.Ережепов, Нарзуллаев И., Жалелова М.М., ЮЗ ТАСВИРЛАРИНИ СЕГМЕНТЛАШНИНГ НЕЙРОН ТАРМОҚЛАРГА АСОСЛАНГАН УСУЛЛАРИ, Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt ilmiy
jurnali,
55. Mamatov
N.S., Erejepov K.K., Narzullayev I.S., Jalelova M.M., YUZ TASVIRLARINI
SEGMENTLASHNING AN’ANAVIY VA MASHINALI OʻQITISH USULLARI, RAQAMLI TЕXNOLOGIYALARNING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI XALQARO
JURNALI,
56. Erejepov
K.K., Самижонов А.С.,Самижонов Б.С, Тасвирлаш Мажмуаси асосида 3д моделларни қуриш, Хисоблаш ва амалий математика муаммолари,
57. Маматов Н.С., Самижонов А.С., К.К.Ережепов, Н.А.Ниёзматова, Ш.Ш.Абдуллаев, П.Б.Ниримов., Ўзбек тилида нутқни автоматик таниб олиш тизимини яратиш, Информатика ва Энергетика Муаммолари Ўзбекистон журнали,
58. A.
Najmiddinov, Sh. Tojiboyeva, B. Samijonov, I. Narzullayev, K. Erejepov, N.
Mamatov, ALGORITHMS FOR DETECTING THE FACE AREA IN THE IMAGE, Journal of
science. Lyon №52/2024,
59. Mamatov
N., Niyozmatova N., Erejepov K., Narzullayev I., Tojiboyeva Sh., Najmiddinov
A., ALGORITHMS FOR IMPROVING THE QUALITY OF FACIAL IMAGES, Sciences of Europe,
60. Ниёзматова Нилуфар Аълохановна1, Жалелов Қуаныш Моятдинович2, Самижонов Абдурашид Нарзулло ўғли3, НУТҚ СИГНАЛЛАРИ СИФАТИНИ БАҲОЛАШ ВА ИШЛОВ БЕРИШ ҚОИДАЛАРИ, Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt ilmiy
jurnali VOLUME 2, ISSUE 4, AUGUST 2024 ISSN: 3030-3346,
61. Kabildjanov
Aleksandr Sabitovich, Pulatov G‘iyos Gofurjonovich, Pulatova Gulxayo Azamjon
qizi, OB-HAVO SHAROITLARINING YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARIGA TA'SIRINI
ANIQLASHNING ANALITIK TAXLILI, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona
filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 |
Son: 2 | 2024-yil,
62. Nilufar Niyozmatova 1, *, Kuanish Jalelov 2,
Boymirzo Samijonov 3 and Mukhtaram Madrahimova 2, Eliminating noise from a
speech signal based on a pair of filters, International Journal of Science and
Research Archive International, Peer reviewed, Open access Journal ISSN
Approved Journal No. 2582-8185,
63. D.T. Muhamediyeva, Квантовые
вычисления при интеллектуальном анализе данных., «Fan ziyosi» нашриёти, Тошкент.
2024. 302 бет.,
64. D.T. Muhamediyeva, Решение задач
оптимизации на основе квантовых вычислений., «Fan ziyosi» нашриёти, Тошкент.
2024. 346 бет.,
65. D.T. Muhamediyeva, Квантовые методы
анализа и обработки изображений., «Fan ziyosi» нашриёти, Тошкент. 2024. 307 бет.,
66. Control of unstable water flow in open
channels, Narzillo Mamatov, Bakhodirjon Turgunov, Dilfuza Yusupova., E3S Web of
Conferences 590, 02002 (2024). Pp. 1-10., https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459002002, ,
67. Quantum optimization methods in water flow
control, Nilufar Niyozmatova, Dilfuza Yusupova, Boymirzo Samijonov, E3S Web of
Conferences 590, 02003 (2024). Pp. 1-18., https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459002003,
68. Overview of the Educational Platform for
Predicting and Classifying of Pupils’ Knowledge Based on Artificial
Intelligence, Erkaboy Samandarov, Proc. International Conference on Information
Science and Communications Technologies ICISCT 2023 (28-30 September 2023). Pp.
15-19., ,
69. Determination of optimal decision-making
conditions for diagnostics of cattle diseases, Safarova Lola Ulmasovna.,
Tukhtamuradov Nozir., Proc. International Conference on Information Science and
Communications Technologies ICISCT 2023 (28-30 September 2023). Pp. 161-164.,
70. A
program for solving a linear programming problem based on a quantum algorithm, ,
Proceedings of the 7th International Scientific and Practical Conference
«Recent Scientific Investigation» (February 26-28, 2024). Oslo, Norway.
Pp.265-267. ,
71. CNN
training programs based on quantum computing, ,
Proceedings of the 7th International Scientific and Practical Conference
«Recent Scientific Investigation» (February 26-28, 2024). Oslo, Norway.
Pp.272-273.,
72. Quantum
computing for solving nonlinear optimization problems, ,
Proceedings of the XI International Scientific and Practical Conference
«Current questions of modern science», February 15-16, 2024, Tallinn, Estonia.
Pp.146-148.,
73. Training
multilayer neural networks based on quantum computing, ,
Proceedings of the XI International Scientific and Practical Conference
«Current questions of modern science», February 15-16, 2024, Tallinn, Estonia.
Pp.149-151.,
74. Application of quantum algorithms in image preprocessing, , Proceedings of the VII International Scientific and Practical Conference «Theoretical and practical perspectives of modern science», February 13-14, 2024, Stockholm. Sweden. Pp.92-94.,
75. Quantum
fourier transform of images , ,
Proceedings of the VII International Scientific and Practical Conference «Theoretical
and practical perspectives of modern science», February 13-14, 2024, Stockholm.
Sweden. Pp.95-97.,
76. Prospects
for the use of quantum computers,
Raupova M.H., Proceedings of the VII
International Scientific and Practical Conference «Theoretical and practical
perspectives of modern science», February 13-14, 2024, Stockholm. Sweden.
Pp.100-103.,
77. Models
of a sugeno type fuzzy logical system in the presence of a limited volume of
data, Toirov Shukhrat, Abduvaliev Jurabek, Kurbonova Mekhri,
Proceedings of the VII International Scientific and Practical Conference
«Science in modern society», March 12-13, 2024, Beijing. China. Pp.59-62.,
78. Creation
of an intelligent irrigation system based on the fuzzy sugeno model, Alimbaev
K. Bakhtiyorov S. Normirzaev S., Proceedings of the 6th International
Scientific and Practical Conference «Scientific Goals and Purposes in XXI
Century» (March 19-20, 2024); Seattle, USA. Pp.487-493.,
79. Development
of a fuzzy logical model of sugeno for the classification of grain varieties, Bakhtiyorov
S. Alimbaev K. Salohiddinov B. ,
Proceedings of the 6th International Scientific and Practical Conference
«Scientific Goals and Purposes in XXI Century» (March 19-20, 2024); Seattle,
USA. Pp.509-516.,
80. Application
of algebraic operations on fuzzy numbers, Jalelova
M. Bakhtiyorov S. Najmiddinov A. ,
Proceedings of the 6th International Scientific and Practical Conference
«Scientific Goals and Purposes in XXI Century» (March 19-20, 2024); Seattle,
USA. Pp.517-529.,
81. Construction
of a neutrosophical logical model,
Sobirov Ruzimboy, Tlapbaev Ibrohim,
Tuychiyev Abdulla., Proceedings of the VII International Scientific and
Practical Conference «Questions. hypotheses. answers: science XXI century»,
March 26-27, 2024, Toronto. Canada. Pp.78-83.,
82. Construction
of the sugeno model for solving diagnostic problems, Niyozmatova
Nilufar, Alimbaev Kamal, Najmiddinov Akhliddin., Proceedings of the XII
International Scientific and Practical Conference “The modern vector of the
development of science”. 21-22 March 2024, Philadelphia, USA. Pp.197-200., ,
83. Apple quality assessment based on the fuzzy sugeno model, Turgunova Nafisa, Samijonov A., Polatov Nurbek, Proceedings of the IX International Scientific and Practical Conference “Innovative scientific research” 14-15 March 2024, Toronto, Canada. Pp.100-104.,
84. Программа для решения
задачи линейного программирования на основе квантового алгоритма, Собиров Р.А.,
Материалы Международной научно-практической конференции “Роль цифровых
технологий в экономике и образовании” 26-27 апреля 2024 года. С.241-243.,
85. Создание нечеткой
модели Мамдани для классификации DIGITS,
Ниёзматова Н.А. , Нажмиддинов А.С., Материалы Международной научно-практической
конференции “Роль цифровых технологий в экономике и образовании” 26-27 апреля
2024 года. С.298-301.,
86. Программы обучения CNN на основе квантовых
вычислений, Собиров Р.А., Тургунова Н.М., Нажмиддинов А.С., Материалы Международной
научно-практической конференции “Роль цифровых технологий в экономике и
образовании” 26-27 апреля 2024 года. С.357-360.,
87. Квантовые
вычисления для решения задач нелинейной оптимизации, Ниёзматова Н.А.,
Нажмиддинов А.С., Материалы Международной научно-технической конференции “Yangi
O’zbekiston, fan, ta’lim, va innovatsiya” 9-10 апреля 2024 года. Жиззах.
С.204-207., ,
88. Обучения многослойных
нейронных сетей на основе квантовых вычислений, Турғунова Н.М., Нажмиддинов
А.С., Материалы Международной научно-технической конференции “Yangi
O’zbekiston, fan, ta’lim, va innovatsiya” 9-10 апреля 2024 года. Жиззах.
С.622-625.,
89. Квантовое
преобразование Фурье изображений, Р.А.Собиров, В.О.Файзиев, А.С.Нажмиддинов.,
Материалы Республиканской научно-технической конференции “Zamonaviy innovatsion
tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar
” 17-18 май 2024 года. Жиззах. С.88-92.,
90. Квантовые методы
оптимизации, Васиева Дильфуза Дилшод кизи, “Yangi O‘zbekistoning tarqqiyot
davrida fan, ta’lim va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb
masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to’plami. 2024 й.
Наманган. 142-150 б.,
91. Решение задач
оптимизации с применением эволюционных алгоритмов, , “Yangi O‘zbekistoning
tarqqiyot davrida fan, ta’lim va innovatsion texnologiyalarni
rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya to’plami. 2024 й. Наманган. 151-158 б.,
92. Решение задач диагностики диабета с применением машинного обучения, Турғунова Нафиса Махаммаджон кизи, Рауфова Мохинур Хайдар кизи, Нажмиддинов Ахлиддин Сирожиддин угли, “Yangi O‘zbekistoning tarqqiyot davrida fan, ta’lim va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to’plami. 2024 й. Наманган. 159-167 б.
Kafedra xodimlari

Mamatov Narzullo Solijonovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Timsollarni tanib olish, Tasvirlarga ishlov berish, Nutqni qayta ishlash, Sun’iy intellekt, Kvant hisoblash.
+99893-506-24-57

Muxamediyeva Dilnoza Tulqinovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Noravshan mantiq, Timsollarni tanib olish, Tasvirlarga ishlov berish, Sun’iy intellekt, Kvant hisoblash.
Dars beradigan fanlar: Ma’lumotlar intellektual tahlili, Katta hajmli ma’lumotlar, Ma’lumotlarni statistik qatya ishlash.
+99894 403 78 90

Radjabov Sobirjon Sattorovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Noravshan mantiq, Timsollarni tanib olish, Tasvirlarga ishlov berish, Sun’iy intellekt, Kvant hisoblash.
Dars beradigan fanlar: Ma’lumotlar intellektual tahlili, Ma’lumotlarni statistik qatya ishlash, Sun’iy intellekt, dasturlash.
+99897 700 26 68

Dusanov Xurshid Toshpo`latovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta'minoti
Dars beradigan fanlar: Dasturlash, Elektronika va sxemalar, Kompyuter tashkil etish.
+99890 160 58 70

Niyozmatova Nilufar Aloxanovna
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Informatikaning nazariy asoslari “Sust shakllangan jarayonlarni baholash uchun intellektual gibrid usul va algoritmlar”
Dars beradigan fanlar: Xisob(calculus), Diskret tuzilmalar.
+99894 403 78 90

Bekmuratov Dilshod Kosimovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Informatikaning nazariy asoslari “Chekli o'lchamli belgilar fazosida timsollarni tanib olish usul va algoritmlari”
Dars beradigan fanlar: Sun’iy intellekt, Ma’lumotlarning intelektual taxlili
+99897 395 99 77

Jalelov Kuanish Moyatdinovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt “Qoraqalpoq tilidagi matnlaarni nutqga o‘tkazish algoritmi”.
Dars beradigan fanlar: Dasturlash, Algoritmlarni loyihalash

Kodirov Elmurod Solijon o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Informatikaning nazariy asoslari” Kaft tasviri asosida shaxsni biometrik identifikatsiyalash algoritmlari. Dars beradigan fanlar: Dasturlash, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
None
+99888 206 32 23

Ibroximov Sanjar Rustam o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Raqamli texnologiya va sun’iy intellek “Ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida boshqarish” Dars beradigan fanlar: Kompyuter tarmoqlari, Dasturlash,O‘rnatilgan tizimlar.
None
+99888 253 93 63

Jo'rayev Islomjon Abdujalilovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta'minoti. Dars beradigan fanlar: Dasturlash, Signallar va tasvirlarga ishlov berish, Dasturiy injinitinga kirish.
None
+99890 160 58 70

Nuritdinov Nurbek Davlataliyevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Informatikaning nazariy asoslari” Kar-soqovlar uchun muloqotlarni shakllantirish algoritmi Dars beradigan fanlari: Ma’lumotlar bazasi, Kompyuter tarmoqlari, Veb dasturlash
None

Mirzayeva Malika Baxadirovna
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Tizimli tahlil, boshqaruv va ahborotni qayta ishlash “Axborot uzatish tarmoqlarini boshqarishning intellektual usul va algoritmlari”
Dars beradigan fanlar: Sun’iy intellekt
+99894 403 78 90

Xoitqulov Abdumalik Abdugopporovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Informatikaning nazariy asoslari
Dars beradigan fanlar: Ma’lumotlar bazasi, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
+99891 326 66 28

Amitova Gulsara Embergenovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
Dars beradigan fanlar: Xisob(calculus), Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
+99897 356 17 58

Tojiboyeva Shaxzoda Xoldorjon qizi
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Informatikaning nazariy asoslari “Yuz tasviri asosida inson his-tuyg'ularini aniqlash”.
Dars beradigan fanlar: Dasturlash, Xisob(calculus).
+99894 403 78 90

Turg‘unov Bohodirjon Xamdamjon o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Tizimli taxlil, axborotni qayta ishlash va boshqarish “Nasos stansiyalarini nazorat qilish va boshqarish algoritmlari”. Dars beradigan fanlar: Elektronika va sxemalar, O‘rnatilgan tizimlar.
None
+99893 001 78 90

Turg‘unova Nafisaxon Mahammadjon qizi
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Informatikaning nazariy asoslari “Matnli ma’lumotlarga dastlabki ishlov berishning kvant algoritmlari”. Dars beradigan fanlar: Mobil ilovalar, O‘rnatilgan tizimlar, Operatsion tizimlar.
None
+99893 002 78 90
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Chuqur o‘qitishga kirish | Sun’iy intellektning rivojlangan sohasi bo‘lib, chuqur neyron tarmoqlarni (Deep Neural Networks) yaratish va ulardan foydalanish usullarini o‘rgatadi. Ushbu fan tasvirni tanish, ovozni qayta ishlash, tabiiy tilni qayta ishlash va murakkab bashoratli tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan. TensorFlow va PyTorch kabi kutubxonalardan foydalanish orqali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. |
2 | Mobil texnologiyalar | Bu fan mobil qurilmalar uchun dasturiy ta'minot yaratishni o‘rgatadi. Android va iOS platformalari uchun ilovalarni loyihalash va ishlab chiqish jarayonlari o‘rgatiladi. Fan interfeys dizayni, mobil qurilmalar cheklovlari (resurslar samaradorligi), va real dunyo ilovalarini yaratish masalalariga urg‘u beradi. Java, Kotlin yoki Swift kabi dasturlash tillari ishlatiladi. |
3 | Mashinali o‘qitishga kirish | Mashinali o‘qitishning asosiy tushunchalari va algoritmlarini o‘rgatadi. Bu fan nazoratli (supervised), nazoratsiz (unsupervised) va kuchaytirilgan (reinforcement) o‘qitish usullarini qamrab oladi. Regression, tasniflash va klasterlash algoritmlari, shuningdek, neyron tarmoqlar bilan tanishtiradi. Talabalar ushbu algoritmlarni amaliy masalalarda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qiladilar. |
4 | Ma’lumotlarni stastik qayta ishlash | Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun statistik usullarni o‘rgatadi. Fan regressiya tahlillari, dispersiya tahlili, ehtimollik nazariyasi va statistik gipotezalarni sinash kabi mavzularni qamrab oladi. Ushbu bilimlar katta ma’lumotlar bilan ishlashda, bashorat qilishda va qaror qabul qilishda keng qo‘llaniladi. MATLAB, R yoki Python (masalan, Pandas va NumPy kutubxonalari) orqali ma’lumotlarni qayta ishlash amaliyoti ko‘rib chiqiladi. |
5 | Sun’iy intellekt | Sun’iy intellektning asosiy tushunchalari va uning zamonaviy texnologiyalardagi qo‘llanilishi bilan tanishtiradi. Ushbu fan ekspert tizimlar, avtomatlashtirish, o‘yin nazariyalari, va robototexnika sohalarida muhim ahamiyatga ega. Neyron tarmoqlar, qidiruv algoritmlari va qaror qabul qilish jarayonlarining asoslari o‘rganiladi. Fan ko‘pincha Python kutubxonalari (masalan, TensorFlow yoki PyTorch) bilan ishlashni o‘z ichiga oladi. |
6 | Dasturiy injiniringga kirish | Bu fan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish jarayonlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Loyihalash, kodlash, sinovdan o‘tkazish, texnik xizmat ko‘rsatish va dasturiy mahsulotni optimallashtirish jarayonlari qamrab olinadi. Agile va Scrum kabi dasturiy ta'minotni boshqarish metodologiyalari ham o‘rgatiladi. Fan dasturiy ta'minotni yirik loyihalar uchun samarali ishlab chiqishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. |
7 | Bilimlar bazasini loyihalash | Bilimlar bazasini yaratish va boshqarishni o‘rgatuvchi fan. Bu fan ma’lumotlarni qanday strukturalash va samarali boshqarish haqida bilim beradi. Entity-Relationship diagrammalari, normalizatsiya jarayonlari va ma’lumotlar bog‘lanishini loyihalash qamrab olinadi. Bilimlar bazasidan foydalanuvchilar uchun qulay ma’lumotlarni olishga yordam beruvchi tizimlarni yaratishga imkon beradi. |
8 | Web dasturlarshga kirish | Web texnologiyalar bilan ishlashning asosiy bilimlarini beradi. HTML (veb-sahifalarni tuzish uchun), CSS (dizayn va uslublash uchun), va JavaScript (dinamiklik qo‘shish uchun) bilan tanishtiradi. Shuningdek, server-mijoz arxitekturasi, veb-formalar yaratish va oddiy backend texnologiyalar bilan ishlash ham o‘rganiladi. Fan orqali talabalar internetda ishlaydigan veb-ilovalarni yaratishga kirishadilar. |
9 | Dasturlash asoslari | Bu fan dasturlashning boshlang‘ich qadamlarini, algoritmik fikrlashni va oddiy dastur yaratishni o‘rgatadi. Asosiy dasturlash tillari (masalan, Python, C, yoki Java) orqali o‘zgaruvchilar, sikllar, shart operatorlari va funksiyalar kabi tushunchalar bilan ishlashga urg‘u beradi. Fan dasturchilar uchun zarur bo‘lgan mustahkam poydevorni yaratadi. |
10 | Ma’lumotlar bazasi va bilimlar bazasini tashkil etish | Bu fan katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish uchun ma’lumotlar bazalarini tuzish va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantiradi. Fan doirasida SQL, NoSQL tizimlari, ma’lumotlarni indekslash va ularni samarali qidirish usullari ko‘rib chiqiladi. Ushbu bilimlar biznes va ilmiy ma’lumotlar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega. |
11 | O‘rnatilgan tizimlar va ularning dasturiy ta’minoti | Bu fan kichik, maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlarning (masalan, Arduino, Raspberry Pi) apparat va dasturiy qismlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Sensorlar va aktuatorlarni boshqarish, real vaqt rejimida dasturlash va kichik hajmli resurslarni samarali boshqarish bo‘yicha bilim beradi. |
12 | Kompyuter tarmoqlari | Kompyuter tarmoqlari va internetning asosiy tamoyillarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Tarmoqlar protokollari (masalan, TCP/IP), marshrutlash, xavfsizlik, va ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu fan orqali foydalanuvchilar o‘z kompyuter tizimlarini tarmoqqa ulash va xavfsizlik choralarini ko‘rishni o‘rganadi. |
13 | Tasvirlarga ishlov berish | Tasvirlarni raqamli shaklda qayta ishlashni va ular ustida turli operatsiyalarni bajarishni o‘rgatadi. Bu fan orqali tasvirlarni yaxshilash, filtratsiya qilish, ranglarni tahlil qilish, tasvirlarni segmentatsiya qilish va tanish uchun tayyorlash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Fan tibbiy tasvirlar, suratni qayta ishlash va raqamli texnikada keng qo‘llaniladi. |
14 | Timsollar tanib olish | Bu fan raqamli tasvirlar, tovushlar yoki boshqa ma’lumotlardan naqsh va timsollarni avtomatik aniqlashga bag‘ishlangan. Ushbu fan doirasida o‘quv ma’lumotlarini ishlatib, ob’ektlarni tasniflash, yuzni tanib olish, va boshqa ko‘plab qo‘llaniladigan texnologiyalarni o‘rganish mumkin. Kompyuter ko‘rish va mashinali o‘qitish usullari ushbu fan asosida yotadi. |
15 | Ma’lumotlar intellektual tahlili | Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan foydali ma’lumotlarni aniqlash usullarini o‘rgatadi. Fan ma’lumotlarni tozalash, ularni vizualizatsiya qilish va statistik usullar yordamida ularni qayta ishlash masalalarini qamrab oladi. Ushbu sohada mashinali o‘qitish va sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalaniladi. Bu fan biznes analitikasi, marketing va ilmiy tadqiqotlar uchun juda muhim. |
16 | Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar | Ma’lumotlarni samarali saqlash va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tuzilmalarning asosiy turlarini (massivlar, qatorlar, bog‘langan ro‘yxatlar, daraxtlar, grafalar) o‘rgatadi. Shuningdek, qidiruv, saralash, qidiruv daraxtlari va boshqa algoritmlar ko‘rib chiqiladi. Ushbu fan orqali algoritmik fikrlash va samaradorlikni tahlil qilish qobiliyati shakllantiriladi. |
17 | Kompyuter tashkil etilishi | Kompyuter apparatining ichki tuzilishini o‘rganish va uni qanday boshqarish bo‘yicha bilimlarni beradi. Bu fan protsessorning ishlash prinsipi, kesh xotirasi, operativ xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari va ulanishlar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, assembler tillarida dasturlash va past darajadagi dasturlashning asosiy tamoyillari ham o‘rgatiladi. |
18 | Operatsion tizimlar | Operatsion tizimlar – bu kompyuter tizimining asosiy boshqaruv dasturi bo‘lib, foydalanuvchi va apparat vositalari o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Ushbu fan jarayonlarni boshqarish, xotira boshqaruvi, fayl tizimlari, qurilmalar bilan muloqot, rejalashtirish algoritmlari va xavfsizlik masalalarini qamrab oladi. Linux, Windows yoki Unix tizimlarining ishlash mexanizmlarini o‘rgatadi. |
19 | Matnli ma’lumotlarni qayta ishlash | Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP – Natural Language Processing) sohasiga kiradi. Bu fan orqali matnli ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish, ularni o‘zgartirish va ulardan ma'lumot chiqarish o‘rgatiladi. Masalan, matnlarni klassifikatsiya qilish, his-tuyg‘ularni tahlil qilish, avtomatik tarjima qilish va chatbotlar yaratishda qo‘llaniladi. Ushbu fan sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish algoritmlariga asoslanadi. |
20 | Signallar va tasvirlarga ishlov berish | Bu fan raqamli signallar va tasvirlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan. Signallarni tahlil qilish, ularni qayta ishlash (masalan, filtratsiya qilish yoki uzatishni optimallashtirish), hamda tasvirlarni siqish, yaxshilash va ularni turli formatlarda saqlash usullarini o‘rgatadi. Bu fan telekommunikatsiya, tibbiy tasvirlar, ovozli signallarni aniqlash va ko‘plab boshqa texnologik sohalarda qo‘llaniladi. MATLAB yoki Python kabi vositalardan foydalanish ko‘nikmalari beriladi. |
21 | Katta hajmli ma’lumotlar | Bu fan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish uchun texnologiyalar va usullarni o‘rgatadi. Hadoop, Spark va boshqa platformalar bilan ishlash asoslari qamrab olinadi. |
22 | Kiberxavfsizlik asoslari | Tizimlarni xavfsiz qilish, kiberxurujlarga qarshi choralar ishlab chiqish, ma’lumotlar himoyasini ta’minlash va kriptografiya asoslari bilan tanishish uchun mo‘ljallangan fan. |
23 | Elektronika va sxemalar | Elektron komponentlar, elektr sxemalar va ularning ishlash prinsiplari o‘rgatiladi. Fan doirasida elektr tokini o‘lchash, sxemalar tahlili va elektron qurilmalarni loyihalash asoslari ko‘rib chiqiladi. |
24 | Algoritmlarni loyihalash | Algoritmlar samaradorligini oshirish, ularni tahlil qilish va muammolarni hal qilishda foydalaniladigan algoritmik yondashuvlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan fan. Murakkabliklarni hisoblash va optimallashtirish masalalari ham qamrab olinadi. |
25 | Ma’lumotlar bazasi | Bu fan ma’lumotlarni samarali saqlash, boshqarish va ularga kirish usullarini o‘rgatadi. SQL, NoSQL kabi ma’lumotlar bazalari texnologiyalaridan foydalanish, ma’lumotlarni strukturalash va optimallashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. |
26 | Dasturlash va injenerlik dasturlari | Texnik masalalarni dasturlash yondashuvi orqali hal qilish, injenerlik hisob-kitoblarini amalga oshirish va ularni dasturiy ta’minotga tatbiq etishni o‘rgatadi. |
27 | Diskret tuzilma | Bu fan matematik mantiq, graflar nazariyasi, to‘plamlar, matritsalar va boshqa diskret obyektlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan. Algoritm va ma’lumotlar tuzilmalari bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega. |
28 | Hisob (Calculus) | Matematik tahlil va hisoblash asoslarini qamrab oluvchi fan bo‘lib, unda funksiya, chegaralar, differensial va integral hisoblar o‘rgatiladi. Hisob ko‘pincha fizika, texnika va iqtisodiyotdagi masalalarni hal qilish uchun qo‘llaniladi. |
29 | Dasturlash | Bu fan algoritmik fikrlashni rivojlantirish va kompyuter dasturlarini yozishni o‘rgatadi. Unda turli dasturlash tillari (C, Java, Python va boshqalar) orqali dasturiy ta'minot ishlab chiqish, muammolarni algoritmlar yordamida yechish asoslari o‘rgatiladi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://ai.tiiame.uz
Kafedra mudiri: Mamatov Narzullo Solijonovich
Qabul kunlari: Har kuni: 10:00-13:00