"Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi
“TIQXMMI” tashkil etilgan davrlarda “Jismoniy tarbiya va sport” sohasi
bo‘yicha mutaxassis-kadrlari yetishmasligi tufayli talabalarga jismoniy
tarbiyadan dars o‘tish mashg‘ulotlari hamda talaba-yoshlar orasida ommaviy
sportni keng targ‘ib qilish ishlarini olib borish, institut harbiy kafedrasi
xodimlaridan P.Karvchenko, G.Sheninlar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek,
“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi 1948-yili tashkil etilib, birinchi
bo‘lib Ye.N.Lelyakova (1948-1949) yilari kafedra mudiri lavozimida faoliyat
yuritgan. Undan keyin (1949-1952) yy., A.A.Korobeynikov, (1952-1956) yy.,
Yu.P.Yegorov, (1956-1960) yy., V.M.Kurlyand, (1961-1964) yy.,
K.J.Djurayev, (1965-1968) yy., V.N.Mixaylov, (1969-1972) yy.,
A.A.Agzamov, (1973-1980) yy., A.A.Bozorov, (1980-1981) yy., P.I.Lыsenko,
(1982-1986) yy., dos. B.I. Ibragimov, (1987-1988) yy., G.Z. Nurmuxamedov,
(1989-2010) yy., prof. P.I.Donchenko, (2010-2011) yy., dos. A.R.
Xodjanov, (2011-2012) yy., Ikromov B.T. (2012-2020) yy., M.N.Norqobilov.
2020-yildan kafedra fan yuklamasi qisqarib, “Professional ta’lim”
kafedrasi bilan birlashib faoliyati yuritildi. 2023-yil “Jismoniy
tarbiya va sport” kafedrasi qayta tiklanib, dotsent Muhiddin Norqobilov
kafedra faoliyati bo‘yicha ish yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda talaba-yoshlarga jismonan va ma’nan
yetuk bilim berishda kafedra katta ilmiy-pedagogik salohiyatga ega. Kafedra professor-o‘qituvchilari
dotsent Muxiddin Norqobilov, dotsent Aziz Xodjanov, assistent Mansur
Tursunqulov, Abbos Eshturdiyev, Paxlavon Mamatov hamda Feruza Odilovalar
samarali faoliyat yuritib kelishmokda.
Muhtaram Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning, Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Besh muhim tashabbusi” doirasida
ilgari surilgan, “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida
qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”ga
yo‘naltirilgan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida, oliygoh sport majmuasi
binosida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
“Jismoniy tarbiya va sport”
kafedrasining ichki va tashqi qismlari to‘liq kapital ta’mirlanib, bir qancha
sport maydonlari barpo etildi. Shulardan; sport majmuasining old qismida suniy
qoplamali zamonaviy mini-futbol maydoni, voleybol maydoni, badminton maydoni,
“Street workout” maydoni, uzunlikka sakrash maydoni hamda yugurish
yo‘lakchalari, shu qatorda, kafedra tarixi muzeyi, fitnes klub
(trenajyor) xonalari hamda zamonaviy usti yopiq suv havzasi foydalanishga
topshirildi. Oliygoh sport majmuasida iqtidorli talaba-yoshlarning darsdan
bo‘sh vaqtlarini sermazmun va samarali o‘tkazish bo‘yicha barcha
shart-sharoitlar yaratilib, ommaviy sportga keng jalb qilish ishlari jadal
rivojlantirilmoqda.
2023-2024 o‘quv yilida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida universitet birinchiligi musobaqalar (mini-futbol, voleybol, stretbol, stol-tennis hamda yengil atletika) o‘tkazilib, sport turlari bo‘yicha “Irrigator” terma jamoalari shakllantirildi. Toshkent shaharida joylashgan 92ta Oliy ta’lim muassasalari terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etib, mini-futbol (5x5) musobaqasida “Irrigator” terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Kafedraning bugungi kundagi vazifalari – talabalarni
jismoniy chiniqishi va sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmasini shakllantirishga
ko‘mak berish hamda jismonan baquvvat va ma’nan sog‘lom mutaxasislarni
tarbiyalash bilan o‘zviy bog‘liqdir.
Kafedra xodimlari
Tangriev Alisher Jumanazarovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha
+99890-992-02-45
Norqobilov Muhiddin Najimovich
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, voleybolni o‘rgatish metodikasi
+998903235454
Eshturdiyev Abbos Erkin o'g'li
lmiy tadqiqot yo‘nalishi:
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, voleybolni o‘rgatish metodikasi.
+99893-008-10-98
Tursunqulov Mansur Mahmud o’g’li
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, futbolni o‘rgatish metodikasi
+998900320199
Mamatov Paxlavon Urayimjon o'g'li
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, voleybolni o‘rgatish metodikasi
+998881190098
Toshmurodov Maqsud Xushvaqovich
Dars beradigan fanlar: Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, voleybolni o‘rgatish metodikasi
+99891-164-14-56
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Jismoniy tarbiya va sport | Jismoniy madaniyat – umuminsoniy madaniyatning
bir qismi bo‘lib, inson salomatligini mustahamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jismoniy madaniyat va sport talaba-yoshlarda ko‘pgina fazilatlar, shu jumladan ularning jismoniy
baquvvat bo‘lishi, organizmning zahira kuchlari, ish qobiliyatining hamda organizmning
ko‘pgina kasalliklarga nisbatan qarshilik kuchining oshishiga yordam beradi. Amaliy
mashqlar jarayonida talabalarda jismoniy madaniyat va sportga oid chuqur bilim va
muhim jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, aql-idrok
harakatlar jarayonida insonning psixofiziologik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan
hamda jismoniy kamolotga yetishga yo‘llanma beradigan fanlardan biridir. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://tiiame.uz/faculties/faculties?id=2
Kafedra mudiri: Tangriev Alisher Jumanazarovich
Qabul kunlari: 10:00-13:00