"Traktorlar va avtomobillar" kafedrasi

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (hozirgi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) tarkibida ish boshlagan dastlabki kafedralardan biri. Kafedra 1934 yilda tashkil etilgan va hozirgi kungacha Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi. Qishloq va suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasidagi mutaxassislar soniga talab ortgan 1960-70 yillarda “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi kengayib uning negizida “Ichki yonuv dvigatellari” va “Issiqlik texnikasi” kafedralari tashkil etilgan edi.

2004 yilda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Toshkent davlat agrar universitetiga (TDAU) o‘tkazilgandan keyin kafedra a’zolari TDAUning Qishloq xo‘jalik mashinalari, foydalanish va ta’mirlash va Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (TIMI)ning Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash kafedralari tarkibiga qo‘shilgan edi.

2017 yil sentyabrdan “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi qayta tashkil etildi. Bugungi kunda kafedrada “Traktorlar va transport vositalari”, “Issiqlik texnikasi va qishloq xo‘jaligida issiqlikdan foydalanish”, “Termodinamika va issiqlik uzatish asoslari”, “Yonilg‘i moylash materiallari va texnik suyuqliklar”,  “Uchuvchisiz uchish vositalari va global navigatsion tizimlar”,  va “Traktorlar va o‘ziyurar mashinalarning gidravlik tizimlari” “Meva sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”, “Sovutish va ventilyatsiya qurilmalari” va “Konsentrantlar, sharbatlar ishlab chiqarish va saqlash asoslari” kabi fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib boriladi.

Turli muddatlarda “Ichki yonuv dvigatellari” va “Issiqlik texnikasi” kafedralariga D.X.Xakimov, A.I.Keldiev, X.M.Babaev, G.G.Umarov, “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasiga A.N.Ninov, V.P.Bogdankin, N.V.Sablikov, P.A.Abduraxmonov, A.A.Karimov, X.X.Xayrullaev, A.I.Kamilov, O.U.Salimov, I.M.Marupov, Z.S.Iskandarovlar mudirlik qilishganHozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida M.O.Amonov faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda kafedrada professor Q.A.Sharipov, dotsentlar A.I.Kamilov, N.T.Umirov, I.R.Nuritov, U.T.Qo‘ziev, Sh.X.Abduraxmonov, K.E.Usmanov, B.Q.Tulaganov katta o‘qituvchilar X.I.Xasanova, A.G.Ibragimov va assistentlar E.M.G‘aniboeva, R.F.Xudoyqulovlar faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Bugungi kunda kafedrada “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (meva-sabzavotlar bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yolga qoyilgan. Kafedrada ushbu yo‘nalish talabalari uchun “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga dastlabki ishlov berish”, “Meva sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”, “Quritish va konservalash texnologik qurilmalari”, “Konsentratlar, sharbatlar ishlab chiqarish va saqlash asoslari”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini joylash va qadoqlash texnologik qurilmalari”, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlari” va “Qayta ishlash jarayonlari va qurilmalarini loyihalash” kabi fanlardan ham dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab hozirgi kungacha kafedra professor-o‘qituvchilari xorijdan keltirilgan zamonaviy traktorlar va ularda o‘rnatilgan dvigatellardan samarali foydalanish bo‘yicha turli darajadagi malaka oshirish kurslarini tashkil qilish va ularda talabalar, fermerlar va ishlab chiqarish sohasi vakillarini o‘qitish bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.

O‘quv jarayoni davomida universitet o‘quv tajriba xo‘jaligida joylashgan o‘quv poligonida talabalarga traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini boshqarish bo‘yicha o‘quv amaliyoti o‘tkaziladi. Amaliyot davrida New Holland TS-130, New Holland TD5.110, TTZ LS-62 traktorlaridan foydalaniladi.

Kafedrada qishloq xo‘jaligida traktorlar moslashuvchanligini oshirish, tejamkor, ekologik bezarar texnologiyalardan va dronlarlardan foydalanish, motor moylarini almashtirish davriyligini asoslash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; kichik qayta ishlash korxonalarida meva sabzavotlarni qayta ishlash texnologik jarayonlari parametrlarini asoslash boyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra “Toshkent traktor zavodi” MChJ (https://www.agrotechklaster.uz/), UzClaasAgro, UzCaseServis, UzClaasServis qo‘shma korxonalari,  G‘alla-Alteg AJ, GDF Export MChJ va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar asosida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Bu hamkorlikda o‘zaro uzviy aloqani ta’minlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazani mustahkamlash, talabalarga 5+1 sxemasida amaliy bilim va ko‘nikmalar berish, shuningdek o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotlarini tashkil qilishga katta e’tibor qaratiladi. UzClaasAgro qo‘shma korxonasida kafedra o‘quv auditoriyasi tashkil qilingan va bu joyda talabalar uchun dars o‘tish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi klasterlari, fermer xo‘jaliklari bilan yaqindan hamkorlik qilish, xorijiy ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-ilmiy sohada hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.


Kafedraning o‘quv va ilmiy laboratoriyalari

UzCaseServis korxonasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan o‘quv laboratoriya boksi

Ushbu o‘quv laboratoriyasida UzCaseMash korxonasi, Case New Holland (https://www.cnh.com) kompaniyasi muhandislari, kompaniya texnikalaridan foydalanuvchilar va talabalar kompaniya traktorlari va qishloq xo‘jaligi texnikalari tuzilishi va ishlashi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.



Issiqlik texnikasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash o‘quv laboratoriya boksi

O‘quv laboratoriyasida issiqlik texnikasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha kompleks uskunalar, shuningdek, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun turli stendlar va qurilmalar mavjud.



Traktorlar va avtomobillar o‘quv laboratoriya boksi

Laboratoriyada traktorni tortish sinovi uchun jihozlangan T-16M traktori, TTZ-80.10 va T-150K traktorlarini xarakatlanuvchi modellari, gidravlik tizimni tekshirish stendi, Cummins kompaniyasi dvigatellari, traktorlar va dvigatellar mexanizm va qismlarining qirqimli maketlari mavjud.


Ichki yonuv dvigatellari o‘quv laboratoriya boksi

Bu laboratoriyada mavjud stendlarda dizellar va benzinli dvigatellar, yuqori bosimli yonilgi nasoslari, injektorlar va forsunkalarini sinovdan o‘tkazish, turli sharoitlarda ishlashini tekshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘kaziladi. Dvigatel sinovini o‘tkazishda D-21, Cummins 4BT-3.9 va Perkins T6 1006 dvigatellaridan foydalaniladi.


Yonilg‘i moylash materiallari o‘quv-ilmiy laboratoriyasi

Laboratoriya Petro test auto MCHJ bilan hamkorlikda tashkil qilingan. Bu yerda traktorlar va avtomobillarda foydalaniladigan yonilg‘i moylash materiallari va texnik suyuqliklari bilan bo‘gliq ilmiy tadqiqot ishlari va neft mahsulotlarini xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq o‘quv laboratoriya mashg‘ulotlari o‘kaziladi. 



Termodinamika asoslari va issiqlik texnikasi o‘quv-laboratoriya xonasi

Laboratoriyada termodinamik jarayonlarni real sharoitlarini immitatsiya qiladigan maxsus laboratoriya qurilmalaridan foydalanib talabalarga fan bo‘yicha o‘quv laboratoriya ishlari o‘tkaziladi.



Iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish ilmiy laboratoriyasi

Ushbu laboratoriya Xitoy xalq respublikasining Lanzhou universiteti (https://atmoseng.lzu.edu.cn/) bilan hamkorlikda tashkil qilingan. Y-laboratoriya binosi tomida ushbu laboratoriyaga tegishli tajriba maydonchasi tashkil etilgan va Lidar, Photometer CE318 (https://www.cimel.fr/), DustTrak Environmental Monitor 8543 (https://tsi.com/), Meteostation WNAWS-35017:35 qurilmalari shu maydonchaga o‘rnatilgan. Bu jihozlar yordamida iqlim va atmosfera havosi o‘zgarishlari bo‘yicha kuzatish va ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 


Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo’jalik shartnomalari:

1.    “Markaziy Osiyoda salohiyatni va aholining xabardorligini oshirish orqali havo sifatini yaxshilash uchun arzon havo sifati datchiklari tarmog‘ini joriy etish” mavzusidagi loyiha

Loyiha AQSHning Duke universiteti (https://pratt.duke.edu/), Qozog‘istonni Nazarbaev universiteti (https://seds.nu.edu.kz/), Qirg‘izistonni MoveGreen ekologik tashkiloti (https://movegreen.kg/) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihani amal qilish muddati 2022 yil 1 oktabr – 2025 yil 30 sentabr.

Loyihada havo sifatining hozirgi holatini va uni yaxshilash yo‘llarini o‘rganish maqsadida arzon datchiklar asosida yaratilgan Blue Sky (https://tsi.com/products/environmental-air-monitors/) va Air Assure (https://tsi.com/products/indoor-air-quality-meters-instruments/) qurilmalari yordamida tarmoq yaratilgan. Tarmoq qurilmalar ornatilgan joylardagi atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar – PM2.5 miqdorini, temperatura va namlikni real vaqt rejimida uzluksiz kuzatish imkonini beradi. Qurilmalarning asosiy qismi Toshkent shahrida va atrofida, shuningdek Buxoro va Nukus shaharlarida, Nurota va Forish tumanlarining qishloq hududlarida oliy ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’ lim tashkilotlari va fuqarolar uyi hovlilari, xonadonlari va boshqa joylarga o‘rnatilgan.  

         

Qurilmalar real vaqt rejimida har 15 daqiqada ma’lumotlarni yangilab turadi. Qurilmalardan olingan ma’lumotlarni http://air.tiiame.uz sayti orqali ko‘rish imkoniyati yaratilgan. Loyihada shuningdek atmosfera havosini mayda uchuvchan zarrachalar bilan ifloslanishiga aloqador mavzularda seminar treninglar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

2.    “Atmosfera havosining ifloslanish manbasi va mintaqalarini aniqlash orqali Markaziy Osiyoda havo sifatini yaxshilash salohiyatini manfaatdor tomonlar ishtirokida oshirish” mavzusidagi loyiha

Loyiha AQSHning Duke (https://pratt.duke.edu/), Ayova (https://environmentalsciences.uiowa.edu/), Medison shahridagi Visconsin (https://engineering.wisc.edu/) universitetlari, Qozog‘istonni Nazarbaev universiteti (https://seds.nu.edu.kz/), Qirg‘izistonni MoveGreen ekologik tashkiloti (https://movegreen.kg/) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihani amal qilish muddati 2024 yil 1 oktabr – 2027 yil 30 sentabr.

Loyiha Duke universiteti bilan boshlangan ilmiy tadqiqot ishlarining davomi bo‘lib bu loyiha atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Loyihada ifloslanish manbaalarini o‘rganish maqsadida yirik shaharlarda eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.  

3.    “O‘zbekistonda havo sifatining kontseptual modellarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha

Loyiha AQSHning Sent Luis shahridagi Vashington universiteti (https://eece.washu.edu/) bilan hamkorlikda bajarilmoqda. Loyihada atmosfera havosini ifloslanish darajasini aniqlashda arzon datchiklar asosida yaratilgan QuantAQ (https://quant-aq.com/) qurilmasidan foydalanilgan. Vashington universiteti doktoranti Xuan Liu 2023 yil iyun-iyul oylarida universitetga tashrif buyurib kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etdi.

4.    Agrotech klasteri tarkibidagi “Toshkent traktor zavodi” MCHJ bilan xo‘jalik shartnoma 

Kafedra “TIQXMMI” MTU va “Toshkent traktor zavodi” MCHJ (Agrotech klister brendi) o‘rtasida hamkorlik shartnomasini tuzishda ishtirok etgan. Hozirda TTZ MCHJ ishchi xodimlarini zamonaviy traktorlarni boshqarishga o‘qitish bo‘yicha xojalik shartnomasi tuzilgan. Bu shartnomaga asosan ishchi xodimlarni zamonaviy traktorlarni boshqarishga o‘qitish ishlari boshlab yuborilgan.


Xalqaro maqolalar

1.  J.Li, T.Wang, C.Li, H.Yan, K.Alam, Y.Cui, M.Amonov, J.Huang (2024) Can the aerosol pollution extreme events be revealed by global reanalysis products?, Science of The Total Environment, 923, 171424, https://doi.org/10.1016/j.scitotenv.2024.171424

2.  A.Akhmetov, Sh.Akhmedov, J.Ishchanov (2024) Investigating the Impact of Speed and Tire Pressure of a Wheel Tractor on Soil Properties: A Case Study in Northeastern Uzbekistan, AgriEngineering, 6(3), https://doi.org/10.3390/agriengineering6030121

3. S.Wang, T.Wang, Y.Jiao, Y.Dong, J. Li, J. Bi, Y. Huo, M.Amonov, S.Abdullaev (2024) Global aerosol models considering their spatial heterogeneities based on AERONET measurements, Atmospheric Research, 308, 107521, https://doi.org/10.1016/j.atmosres.2024.107521

4. N.Rakhmatova, B.Nishonov, L.Shardakova, M.Amonov and D.Belikov (2024) Comparative analysis of PM10 concentrations in Nukus and Tashkent, Uzbekistan: Ground observations, CAMS, and MERRA-2 reanalysis, E3S Web Conf., 575, 04008, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457504008

5.  N.Umirov, Sh.Abdurokhmonov, E.Ganiboeva and Z.Alimova (2024) Thermal equilibrium of the tractor and vehicle engines' cooling systems in agriculture technological processes, BIO Web of Conferences, 105, 05020, https://doi.org/10.1051/bioconf/202410505020

6. B.Tulaganov, Y.Rakhimov, A.Bozorboev, R.Khudayqulov, B.Maxmurov and F.Kurbonov (2024) Results of experimental studies to justify the parameters of the working engines of the machine separator, BIO Web of Conferences, 105, 01012, https://doi.org/10.1051/bioconf/202410501012

7. B.Khudayarov, R.Khudayqulov (2024) Optimization of the Adjustable Screw Dosing Parameters of a Grain Seeder Designed for Agricultural Dryland, International Journal of Biological Engineering and Agriculture, 3(4), https://doi.org/10.51699/ijbea.v3i4.130

8. U.Kuziev, B.Khudayarov, A.Rizvi, Y.Rakhimov, G.Eshchanova, M.Joraeva and D.Usmonova (2024) Influence of a flat disc on the rectilinear stable motion of the unit of tillage machines BIO Web of Conferences, 105, 01020, https://doi.org/10.1051/bioconf/202410501020

9. A.Babekov, Kh.Khasanova, K.Eshbakova, K.Turgunov, B.Tashkhodzhaev (2024) Chemical Constituents of Ferula lapidosa, Chemistry of Natural Compounds, 60(1), pp. 177-179, https://doi.org/10.1007/s10600-024-04282-x

10. X.Li, Kh.Khasanova, J.Shang, A.Babekov, W.Li, J.Li, H.Zhu, K.Eshbakova, Y.Zhang (2024) Ferlapioside: a new bromine substituted iridoid glycoside from the roots of Ferula lapidosa Korovin, Natural Product Research, pp. 1-8, https://doi.org/10.1080/14786419.2024.2432613

11. E.Farmonov, A.Kamilov, I.Gorlova, Z.Sharipov and D.Ro’ziyev (2023) Improving condition of desert pastures by planting saxaul and cherkez plants, E3S Web of Conf., 401, 04004, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340104004

12. N.Umirov and Sh.Abdurokhmonov (2023) Algorithm for calculating the criterion for the temperature-dynamic characteristics of the cooling system of tractor and car engines, E3S Web of Conf., 389, 01055, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338901055

13. N.Umirov and E.Ganiboeva (2023) The result of performance tests of engine oil on Class tractors taking into account climatic  factors, IOP Conf. Ser.: Earth Environ. Sci., 1231, 012011, https://doi.org/10.1088/1755-1315/1231/1/012011

14. B.Utepov, T.Khaydarov, N.Rajabov, G.Murtazayeva, B.Tulaganov, M.Avliyakulov (2023) Experimental studies of pneumatic disc atomizer for low volume spraying, E3S Web of Conf., 365, 04033, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336504033

15. Sh.Imomov, K.Usmonov, I.Nuritov and V.Tagayev (2023) Optimum factors of a renewable energy plant from poultry organic waste, IOP Conf. Ser.: Earth Environ. Sci., 1231, 012026, https://doi.org/10.1088/1755-1315/1231/1/012026

16.  B.Khudayarov, U.Kuziev, B.Sarimsakov, Y.Rakhimov and S.Khikmatullaev (2023) Pushing soil with combined aggregate spherical disc and burial of stem, E3S Web of Conf., 365, 04023, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336504023

17. A.Akhmetov, Sh.Akhmedov, M.Allanazarov and R.Asamov (2023) Ensuring the reliability of adjusting the clearance of a four wheel tractor, IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science, 1138, 012047, https://doi.org/10.1088/1755-1315/1138/1/012047

18. A.Akhmetov, R.Botirov and M.Amonov (2023) Wheeled tractor equipped with a mechanism for changing the ground clearance, E3S Web Conf., 386, 03006, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338603006

19. N.Umirov, Sh.Abdurokhmonov (2022) On the de-aeration properties of radiators of the cooling system of engines of cars and tractor, Transportation Research Procedia, 63, pp. 149–153, https://doi.org/10.1016/j.trpro.2022.05.017

20. G.Umarov, Sh.Abdurokhmonov, B.Tulaganov, A.Telovov and A.Bozorboev (2022) Washing steps and the process of saturation of contaminants with moisture in the processing of fruits and vegetables, IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science, 1076, 012054, https://doi.org/10.1088/1755-1315/1076/1/012054


Xalqaro hamkorlarimiz

Duke University, AQSH

Washington University in St Louise, AQSH

Lanzhou University, Xitoy

Harper Adams University, Buyuk Britaniya

Российский государственный аграрный университет, Россия

Южно-Казахстанский университет, Козоғистон


Mahalliy hamkorlarimiz

“Toshkent traktor zavodi” MChJ

“UzClaasAgro” MChJ

“UzCaseServis” MChJ

“GDF Export” korxonasi

“Galla Alteg” AJ

Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Kafedra xodimlari

"Traktorlar va avtomobillar" kafedrasi mudiri, dotsent
Amonov Mansur Ochilovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (PM10, PM2.5) miqdorini monitoring qilish, tarkibini o‘rganish va manbalarini aniqlash

 m.amonov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Kamilov Asil Ikramovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jaligida traktorlar moslashuvchanligini oshirish

Dars beradigan fanlar: Traktorlar va transport vositalari, Yo‘l harakati qoidalari

 a.kamilov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Umirov Nashir Tuxtabayevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Traktor dvigateli sovutish tizimini ishlash samardorligini oshirish

Dars beradigan fanlar: Traktorlar va transport vositalari, Termodinamika

 n.umirov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Nuritov Ikrom Rajabovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

Dars beradigan fanlar: Issiqlik texnikasi va qishloq xo‘jaligida issiqlikdan foydalanish, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash omborlari

 i.nuritov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi katta o‘qituvchi, PhD
Xasanova Xolida Ibodullayevna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Kichik qayta ishlash korxonalarida sharbat ishlab chiqarish texnologik jarayonining parametrlarini asoslash

Dars beradigan fanlar: Meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, Sovutish va ventilyatsiya qurilmalari

kh.khasanova@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, PhD
Tulaganov Baxtiyor Kudratovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Cho‘l yaylovlarini mexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy еchimlarini ishlab chiqish

Dars beradigan fanlar: Qayta ishlashda transport vositalari, Yonilg‘i moylash materiallari, Yo‘l harakati qoidalari

 b.tulaganov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, PhD
Abduroxmonov Shavkatjon Xasanovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jaligida ekologik bezarar texnologiyalardan va dronlarlardan foydalanish

Dars beradigan fanlar: Termodinamika va issiqlik texnika asoslari, Uchuvchisiz uchish vositalari va global navigatsion tizimlar

 sh.abduroxmonov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, PhD
Usmonov Kamoliddin Eshqulovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari parametrlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish

Dars beradigan fanlar: Issiqlik texnikasi va qishloq xo‘jaligida issiqlikdan foydalanish, Konsentrantlar, sharbatlar ishlab chiqarish va saqlash asoslari

 k.usmonov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

"Traktorlar va avtomobillar" kafedrasi assistenti
G‘aniboeva Ergashxon Mamaturaevna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Raqamli texnologiyalardan foydalanib bog‘dorchilik traktori va agregatlari, dvigatel moylash tizimi konstruktsiyasini takomillashtirish, dvigatellar ekologik ko‘rsatkichlarini va motor moylaridan foydalanishni yaxshilash

Dars beradigan fanlar: Traktorlar va transport vositalari, Yonilg‘i va moylash materiallari

 e.ganiboeva@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

"Traktorlar va avtomobillar" kafedrasi assistenti
Xudoykulov Rustam Fayzievich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Lalmi maydonlarga g‘alla ekish sеyalkasi bunkеri va shnеkli ta’minlagichining paramеtrlarini asoslash

Dars beradigan fanlar: Traktorlar va transport vositalari, Qayta ishlashda transport vositalari

 r.khudaykulov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, PhD
Quziyev Ulug‘bek Tadjiyevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jaligida traktorlar moslashuvchanligini oshirish, tejamkor, ekologik bezarar texnologiyalardan foydalanish

Dars beradigan fanlar: Traktorlar va transport vositalari, Suyuqliklar energiyasi,

u.quziyev@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi katta o‘qituvchi
Ibragimov Alisher Gafarovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

Dars beradigan fanlar: Konsentrantlar, sharbatlar ishlab chiqarish va saqlash asoslari, Qayta ishlash jarayonlari va qurilmalarni loyihalash

a_ibragimov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi tayanch doktoranti
Axmedov Sherzodbek Anvarxon o‘g‘li

Dissertatsiya mavzusi: Yurish tizimi transformasialanadigan paxtachilik traktorini yaratishning ilmiy-texnik asoslari

sh_akhmedov@tiiame.uz

+998-71-237-25-34

Fakultet

"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti
1920 yilda Turkiston Davlat universitetining sakkizta fakulteti qatorida texnika fakulteti ham faoliyat boshlagan. Universitetning mashinashunoslik bo‘limi...

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Yo‘l harakati qoidalari va xavfsizligi

Yo‘l xarakati qoidalari va xavfsizligi bo‘yicha umumiy qoidalar, qoidalarda qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar, yo‘l belgilari, haydovchi va yo‘lovchilarning vazifalari, yo‘llarda transport vositalarining xarakatlanish qoidalari, yo‘llarda xarakatlanish xavfsizligi asoslarini o‘rgatadi.

2 Yonilg‘i-moylash materiallari

Neft mahsulotlari xaqida umumiy tushunchalar berilib, qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanilayotgan yonilg‘i moylash materiallarining turlari va ularning fizik-mexanik xossalarini o‘rgatadi.

3 Termodinamika va issiqlik uzatish asoslari

Termodinamika va issiqlik uzatish qonunlarini, gaz va bug‘larning fizik xususiyatlarini, issiqlik energetika qurilmalarini ishlatish asoslarini, termodinamika qonunlariga doir masalalarni yechish yo‘llarini o‘rgatadi

4 Issiqlik texnikasi

Issiqlik texnikasi va issiqlikni qishloq xo‘jaligida qo‘llashning asosiy tushunchalari, ularning nazariy asosini tashkil qiluvchi texnikaviy termodinamikaning asosiy qonunlari va prinsiplari o‘rgatiladi. Qishloq xo‘jaligida issiqlikdan foydalanishda ishlatiladigan qurilmalar bilan tanishtiriladi

5 Uchuvchisiz uchish vositalari va navigatsion tizimlar

Qishloq xo‘jaligida uchish vositalaridan foydalanish qonun qoidalari, shu sohada mavjud nizomlar, parvozlar xavfsizligini nazorat qilish, uchish vositalari turlari va ularni tuzilishi, parvozni boshqarish, uchish vositalarida foydalanilgan videokuzatuv kameralari va datchiklar, global navigatsiya tizimi ishlashi, sun’iy yo‘ldoshlar, signal qabul qiluvchi bazoviy stansiyalar, roverlar, tizim ishlashidagi xatolik, signal qabul qiluvchi vositalar, traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarida ulardan foydalanish bo‘yicha bilimlar beradi

6 Traktorlar va QXM elektr jihozlari

Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari elektr va elektron jihozlaridan foydalanish sifatiga qo‘yiladigan talablar, asosiy rostlash ko‘rsatkichlari, jixozlarishini tahlil qilish va ulardan unumli foydalana olish, ishlatish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarda yechimlar qabul qilish, yangi turlarini mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha bilimlar beradi

7 Traktorlar va transport vositalari

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish majmuida ishlatilayotgan traktorlar va transport vositalarining vazifasi va tuzilishi, ularning mexanizm va tizimlarining ishlashi, shuningdek ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari,ichki yonuv dvigatellari nazariyasi, xamda traktor va avtomobillar nazariyasi asoslari va xisobi bo‘yicha bilimlar beradi.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://acm.tiiame.uz/oz/page/t%20va%20a

Kafedra mudiri: Amonov Mansur Ochilovich

Qabul kunlari: None

Tel: +998-71-237-25-34

E-mail: m.amonov@tiiame.uz

Tarmoqlarda: